Turizm

Samarqandda "Samarkand city" turizm zonasi barpo etiladi

"Samarkand sity" turizm hududi mehmonxonalar, kottejlar, koʻngilochar va savdo markazlari, amfiteatr, restoranlar, kafelar, bouling markazlari, karaoke-bar, suvenir doʻkonlari va boshqa turizm infratuzilmalarini oʻz ichiga oladi

TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi 2017-2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish tadbirlari Dasturini tasdiqladi.

Samarqand - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Samarqandga kelgan turistlar eng mashhur oʻzbek filmlarini tomosha qiladilar

Dasturga koʻra, Samarqand shahri hududida xorijiy investorlar bilan hamkorlikda zamonaviy mehmonxonalar, kottejlar, koʻngilochar va savdo markazlari, shuningdek amfiteatr, turli millatlar taomlarini tayyorlaydigan restoranlar, kafelar, bouling markazlari, karaoke-bar, suvenir doʻkonlari va boshqa turizm infratuzilmalarini oʻz ichiga oladigan "Samarkand sity" turizm hududi yaratiladi.

Turizm infratuzilmasi obʼyektlarida bankomat va terminallar oʻrnatgan holda maxsus esdalik sovgʻalari shoxobchalari shahar koʻchalari boʻylab taqsimlanadi, butunjahon Internet axborot tarmogʻidan foydalanishga keng imkoniyat yaratgan holda turistlar gavjum joylarda Wi-Fi hududlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Samarqand tumanidagi Respublika eshkak eshish kanali hududida yil boʻyi sport oʻquv-mashgʻulotlarini oʻtkazish shart-sharoitiga ega boʻlgan zamonaviy sportzal, sport maydonlari, yopiq basseyn, shuningdek, mehmonxonalar va kottejlar majmui hamda boshqa dam olish infratuzilmasini oʻz ichiga olgan sport-sogʻlomlashtirish va turizm-dam olish hududi barpo etiladi.

Viloyatning qator tumanlaridagi ziyoratgoh, majmua va arxeologik yodgorliklar restavratsiya qilinadi va obodonlashtiriladi.

Samarqand shahrida milliy liboslar namoyish qilinadigan "El merosi" teatri quriladi.

Dasturda Samarqand tumani hududida turizm toifasidagi avtobuslar uchun toʻxtash joyi va garaj, texnik xizmat koʻrsatish ustaxonasi hamda haydovchilarni joylashtirish uchun mehmonxona hamda oshxona qurish koʻzda tutilgan.

Samarqand - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Samarqandga kelgan turistlar eng mashhur oʻzbek filmlarini tomosha qiladilar

Samarqand shahriga aviareyslar va tezyurar "Afrosiyob" elektropoyezdi qatnovlari soni koʻpaytiriladi, shaharning tarixiy hududida sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot tashkil etiladi, turistik namoyish obʼyektlariga olib boradigan avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruktsiya qilish yoʻli bilan transport xizmati yaxshilanadi.

Dasturga kiritilgan tadbirlarni birgalikda moliyalashtirish maqsadida xorijiy investitsiyalar, donor mamlakatlarning, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari jalb etiladi.

"Samarkand city" turizm zonasi va eshkak eshish kanali hududidagi sport-sogʻlomlashtirish va turistik-rekreatsion hududida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subʼyektlari, shuningdek investitsiya kompaniyalari yer, daromad, yuridik shaxslarning mol-mulk, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovlari, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlardan 2020 yil 1 yanvargacha ozod qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala