Ozarbayjon prezidenti muftiy Usmonxon Alimovni qabul qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev
Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayx-ul-Islom Ollohshukur Poshshozodaning taklifiga binoan Ozarbayjonga tashrif buyurdi

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Bugun Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovni qabul qildi. Bu haqda Ozarbayjon prezidentining rasmiy saytida xabar berilmoqda.

© president.azOzarbayjon prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi
Ilxam Aliyev prinyal delegatsiyu iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi veb portalining xabar berishicha, O‘zbekiston delegatsiyasining Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayx-ul-Islom Ollohshukur Poshshozodaning taklifiga binoan Ozarbayjonga tashrifi 13-iyulga qadar davom etadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida ikki diniy idora o‘rtasidagi mavjud aloqalarni yanada rivojlantirish va hamkorlik sohalarini kengaytirishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0