O‘zbek razvedkachilari Rossiyadagi xalqaro tanlovda qatnashishadi

© Sputnik / Vitaly Ankov / Mediabankka o‘tishKompleksnie takticheskie ucheniya artilleriyskix i razvedivatelnix podrazdeleniy 83-y brigadi VDV v Primorskom krae
Kompleksnie takticheskie ucheniya artilleriyskix i razvedivatelnix podrazdeleniy 83-y brigadi VDV v Primorskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Jangovar razvedka a’lochilari" xalqaro tanlovi besh bosqichdan iborat bo‘lib, barcha sinovlar jangovar holatga yaqin sharoitlarda o‘tkaziladi

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston jamoasi 29-iyuldan 6-avgustga qadar Rossiyadagi Novosibirsk oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurtining Kolsovo poligonida bo‘lib o‘tadigan "Jangovar razvedka a’lochilari-2017" xalqaro tanlovida ishtirok etishadi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Tanlovda O‘zbekistondan tashqari, Rossiya, Belorussiya, Armaniston, Qozog‘iston, Misr, Zimbabve va Xitoy jamoalari qatnashadi.

S-400 Triumf zenit-raketa majmualari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston MDH Havo mudofaasi o‘quv-mashg‘ulotlarida ishtirok etdi

"Jangovar razvedka a’lochilari" xalqaro tanlovi besh bosqichdan iborat bo‘lib, turli qurollardan o‘q otish, qiyin sharoitda piyodalar jangovar mashinasini boshqarish, vertolotga joylashish va tushish bo‘yicha meyorlarni bajarish, razvedka bo‘limining dushman ortiga o‘tishi hamda razvedka pistirmasini amalga oshirish kabi sinovlarni o‘z ichiga oladi.

Barcha sinovlar jangovar holatga yaqin sharoitlarda o‘tkaziladi.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad tanlovda ishtirok etuvchi davlatlar o‘rtasida xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash, harbiy xizmat nufuzini oshirish va harbiy razvedkachilarning salohiyatini rivojlantirishdir.

Yangiliklar lentasi
0