Van Damm va Jeff Monson O‘zbekistonga kelishlarini tasdiqlashdi

© Sputnik / Vladimir Rodionov / Mediabankka o‘tishJan-Klod van Damm vo vremya provedeniya turnira po miks-faytu
Jan-Klod van Damm vo vremya provedeniya turnira po miks-faytu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fodor Yemelyanenkoning og‘zaki tasdig‘i olingan

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Aktor Jan Klod Van Damm hamda yakkakurashchi Jef Monson Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "ASIAN FIGHT — 2017" xalqaro sport turnirida ishtirok etishadi. Bu haqda O‘zbekiston Penchak Silat federatsiyasi raisi, "ASIAN FIGHT — 2017" xalqaro sport turniri tashkiliy qo‘mitasi raisi Aziz Jo‘raboyev Darakchi.uz saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Jan Klod Van Damm, Jef Monsonning ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar qo‘limizda turibdi. Bu borada gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Fodor Yemelyanenkoning og‘zaki tasdig‘i olingan. Endi rasmiy xatini kutapmiz.

Udar posle ostanovki boya i drugie momenti turnira WEF-4 v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Jan Klod Van Damm O‘zbekistonga keladimi? Xalqaro turnir o‘tkazilishi haqida

Faqatgina DJ Armin Van Buren bilan vaqtlarimiz to‘g‘ri kelmadi. Shu sababli uning kelmasligi aniq bo‘lib ulgurdi. Lekin musiqa shaydolari tashvishlanmasa ham bo‘ladi. Ular kutgandan ham ajoyib surprizlarimiz bor, uni keyinroq e’lon qilamiz", dedi Aziz Jo‘raboyev.

Uning aytishicha, turnirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun rossiyalik va gollandiyalik tajribali promouterlar jalb qilingan. Ular iyul oyining yarmidan boshlab shu yerda yashab, tayyorgarlik ishlariga yordam berishadi.

Jo‘raboyev "ASIAN FIGHT — 2017"ni bir nechta xorijiy telekanal to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatishini, hozircha EuroSport bilan muzokaralar oxiriga yetganini aytdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "ASIAN FIGHT — 2017" xalqaro turniri 2017-yil 9 sentbar kuni "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda miks-silat professional yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari xorijlik raqiblari bilan kuch sinashadi. Ringga butun dunyoga o‘z ismini tanitayotgan Anvar Boynazarov, Mahmud Murodov, Hasan Barotov, Muhammadali Toshturg‘unovlar chiqishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0