Hodisalar

Oʻzbekiston TIV Sankt-Peterburgda halok boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari haqida xabar berdi

© Sputnik / Viktor Vыtolskiy / Fotobankka oʻtishYongʻin
Yongʻin - Sputnik Oʻzbekiston
TIV topshirigʻiga binoan voqeaning butun tafsilotlarini va halok boʻlganlarning shaxsini aniqlash jarayonida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi vakillari Moskva shahridan Sankt-Peterburg shahriga uchib ketgan

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Ilgariroq RIA Novosti xalqaro axborot agentligi Sankt-Peterburgda katta yongʻin yuz bergani va hodisa oqibatida 7 nafar Oʻzbekiston fuqarolari halok boʻlishgani haqida xabar tarqatgan edi.

Pojarnыy, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Leningrad viloyatidagi yongʻinda yetti oʻzbekistonlik halok boʻlgani aytilmoqda
Ayni vaqtda Oʻzbekiston Tashqi ishlar mahkamasi ushbu yongʻinga doir rasmiy bayonot eʼlon qildi.

"OAV xabarlariga koʻra 2017-yilning 13-iyul tongida Sankt-Peterburg tarkibiga kiruvchi Kolpino shahridagi metal angarida umumiy maydoni 600 kv. m.ga teng boʻlgan yongʻin sodir boʻldi.

Yongʻin qoldiqlarini ajratish paytida oʻt oʻchiruvchilar tomonidan Oʻzbekiston fuqarolari deb taxmin qilinayotgan 7 ta jasad topilgan.

Ayni paytda mahalliy hukumat tomonidan tergov tadbirlari olib borilmoqda.

TIV topshirigʻiga binoan voqeaning butun tafsilotlarini va halok boʻlganlarning shaxsini aniqlash jarayonida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi vakillari Moskva shahridan Sankt-Peterburg shahriga uchib kettilar", — deyiladi TIV xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala