Jamiyat

Avtomobilchilar hayotiga bir necha yangilik olib kelgan prezident qarori

© Voditeli TashkentaSezon probok: avtomobilistы ne mogut dobratsya do Charvaka
Sezon probok: avtomobilistы ne mogut dobratsya do Charvaka - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidentining yangi qaroriga koʻra bundan buyon "oltin nomerlar" kim-oshdi savdosida sotiladigan, ishonchnoma va ijara shartnomalari elektron koʻrinishda YHXBga joʻnatiladigan, majburiy texnik koʻrik xususiy korxonalar tomonidan amalga oshirildigan boʻladi.

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Kecha eʼlon qilingan, Oʻzbekiston prezidentining 3127-sonli qaroriga asosan avtomobil haydovchilarini ham bir necha yangiliklar kutmoqda.

"Oltin nomerlar" auktsionda sotiladi

Prezident qarorida qayd etilishiga koʻra, ushbu yilning 1 sentyabridan boshlab avtomobil egasi oʻzi istagan raqamlar kombinatsiyasini, yuqori toʻlov stavkasi boʻyicha tanlab olishi mumkin. Undan tashqari eng talab kuchli boʻlgan, xalq orasida "oltin nomerlar" deb ataladigan raqamlar esa kim oshdi savdosiga qoʻyiladi. Ushboʻ oʻzgarishlar boshqa mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, korruptsiyaning oldini olish va davlat byudjetiga qoʻshimcha mablagʻ jalb etish maqsadlarida amalga oshirilmoqda.

Ishonchnomani roʻyxatdan oʻtkazish kerak boʻlmaydi

2018 yilning 1 yanvaridan boshlab, avtomobil boshqarishga berilgan ishonchnomalarni, ijara, zalog yoki lizing shartnomalarini YHXBda roʻyxatdan oʻtkazish tartibi bekor qilinadi. Buning oʻrniga notariuslarga ushbu hujjatlarning elektron koʻrinishini YHXBga yoʻnaltirish majburiyati qoʻyiladi.

Yoʻl harakati axborot-kompyuter tizimi orqali nazorat qilinadi

Yoʻl harakati xavfsizligini oshirish, avtomobil harakatini nazorat qilishning samaradorligini oshirish maqsadida yagona markazlashgan axborot-kompyuter tizimi tashkil qilinadi. Buning uchun Toshkentda kompyuter tarmogʻi kengaytirilib, Nukus va boshqa viloyat markazlarida ham kompyuterlashtirilgan tizim yoʻlga qoʻyiladi.

Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish — xususiy korxonalarga topshiriladi

Qarorda aytilishiga koʻra, avtomobillarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish vazifasi bosqichma-bosqich ravishda xususiy korxonalarga topshiriladi. Faqat avtobuslar, yuk avtomobillari va boshqa maxsus texnika koʻrigi belgilangan narxlar boʻyicha ixtisoslashgan IIB tomonidan amalga oshiriladi.

Mototsiklli YPX xizmati paydo boʻladi

Toshkent Samarqand va Xorazm viloyatlarida tajriba tariqasida mototsiklli yoʻl-patrul xizmati tashkil qilinadi. Ularning vazifasi avtomobil yurishi qiyin boʻlgan joylarda, odam gavjum joylarda yoʻl harakatini nazorat qilish, shuningdek chet el delegatsiyalarini kuzatish boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala