Boris Nemsovning qotili 20-yilga qamaldi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOglashenie prigovora obvinyayemim v ubiystve Borisa Nemsova
Oglashenie prigovora obvinyayemim v ubiystve Borisa Nemsova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qotillik sabablari haligacha tushunarli emas. Bugungi kunda jazolanganlar faqat jinoyat ijrochilaridir. Qotillik "buyurtmachisi", sobiq "Shimol" bataloni zobiti Ruslan Muxudinov - hozir xalqaro qidiruvda.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Moskva okrugi harbiy sudi Zaur Dadayevga 20-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti muxbiri sud zalidan.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik muxolifatchi Boris Nemsov 2015-yilning 27-fevralik kuni Moskva markazida otib o‘ldirilgan edi. Ushbu jinoyatda ayblanib Zaur Dadayev, Anzor va Shadid Gubashev, Temirlan Eskerxanov va Xamzat Baxayevlar qo‘lgan olingan edi.

Ikki yildan ortiq davom etgan tergov va tekshiruvlaridan so‘ng sud o‘z hukmini e’lon qilidi.  Unga ko‘ra Zaur Dadayevga 20-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi. Undan tashqari 100 ming rubl jarima solindi va leytenant unvoni hamda "Jasurlik uchun" ordenidan mahrum qilindi.

Shuningdek sud, qotilni voqea sodir bo‘lgan joydan olib ketgan Anzor Gubashevga 19-yil, uning ukasi Shadid Gubashevga 16-yil,  nemsovning ortidan kuzatib yurgan Temirlana Eskerxanovga 14yil va Xamzat Baxayevga 11-yil qamoq jazosi berdi. Shuningdek, ularning har biriga 100 mingdan jarima solingan.

Ushbu qotillik sabablari haligacha tushunarli emas. Bugungi kunda jazolanganlar faqat jinoyat ijrochilaridir. Qotillik "buyurtmachisi", sobiq "Shimol" bataloni zobiti Ruslan Muxudinov — hozir xalqaro qidiruvda.

Yangiliklar lentasi
0