Jamiyat

Migratsiya agentligi 500-1100 dollarlik ishlarga taklif qilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishVizit ekspertov FIFA i Orgkomiteta "Rossiya-2018" na stadion "Lujniki"
Vizit ekspertov FIFA i Orgkomiteta Rossiya-2018 na stadion Lujniki - Sputnik Oʻzbekiston
Taklif qilinayotgan vakansiyalar orasida avtobus haydovchilari, boʻyoqchi-suvoqchilar, slesar, tokar, naladchik, termistlar hamda tikuvchilar bor.

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bugungi kunda agentlikda mavjud boʻlgan vakansiyalar roʻyxatini eʼlon qildi.

Voditel avtobusa, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Moskva avtobuslarida ishlash uchun haydovchilar tanlovi boshlandi

Yoʻnalishli avtobus haydovchilari — 1000 kishi. Mosgortrans kompaniyasi "D" kategoriyaga ega boʻlgan tajribali haydovchilarini ishga taklif qilmoqda. Maosh  43-60 ming rubl, turar joy va kunlik yoʻl xarajatlari qoplanadi. Nomzodlar kamida 1  yillik ish tajribasi boʻlishi va rus tilini yaxshi bilishi kerak.

Boʻyoqchi-suvoqchilar — 20 kishi. Moskva, Skolkovo hududi. Maosh  40-45 ming, turar joy va ovqat xarajatlari  qoplanadi.  Nomzodlar bir yillik tajribaga ega boʻlishi va 20-45 yoshda boʻlishi kerak.

Shlifovщik, tokar, slesar, naladchik stankov, termistlar —  270 kishi. Volgograd podshipnik zavodi rus tilini oʻrtacha bilgan fuqarolarni ishga taklif qilmoqda. Kerakli tajribaga ega boʻlmaganlarni joyida oʻqitish imkoni bor.  Nomzodlar turar joy va ovqat bilan taʼminadi.  Maosh oʻqish vaqti 15-22 ming rubl, ishlash vaqti — 30 ming rubl.

Tikuvchi qiz - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tikuvchilar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

Tikuvchilar. Astraxan shahrida joylashgan "Xaska" korxonasi 4 razryad va undan yuqori malakaga ega boʻlgan tikuvchilarni ishga taklif qilmoqda. Tikuvchilar rus tilini oʻrtacha bilishi kerak.  Maosh 20-40 ming rubl. Patent rasmiylashtirish xarajatlari  (8600 rubl) ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Turar joy va ovqatlanish bir kuniga 33 rubl. Oʻzbekistondan kelish yoʻl puli, keyinchalik maoshidan ushlab qolish sharti bilan,  ish beruvchi tomonidan qoplanishi mumkin.

Yuqoridagi vakansiyalar boʻyicha ishlashni istagan fuqarolar Oʻzbekiston Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari mumkin. Manzil Toshkent, Olmazor tumani, Kamarniso koʻchasi, 1uy.  tel: 214-51-87, 214-24-29.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning 4-5 aprel kunlari Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya korxonalariga turar joy, tibbiy sugʻurta bilan taʼminlangan va huquqlari kafolatlangan holda, tashkillashtirilgan tartibda ishga taklif qilish haqida kelishib olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala