Siyosat

Mirziyoyev: "Milliy tiklanish" haqiqiy tariximizni tiklash boʻyicha biron ish qilgani yoʻq

© Press-slujba DP "Milliy tiklanish""Milliy tiklanish" partiyasi yigʻilishi
Milliy tiklanish partiyasi yigʻilishi - Sputnik Oʻzbekiston
"Milliy tiklanish" partiyasi necha yillardan buyon tarixiy va madaniy meros masalalari bilan shugʻullanadi. Lekin haqiqiy tariximizni tiklash boʻyicha maktablar va oliy oʻquv yurtlarida olib borilayotgan ishlar, oʻquv dasturlarining saviyasini partiya faollari hech oʻrganganmi?", - deb savol berdi siyosiy partiyalar bilan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida Mirziyoyev

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. "Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, amaldagi qonunlarimizda bir-biriga zid oʻrinlar ham yoʻq emas. Lekin bugun qaysi bir partiyaning tashabbusi bilan ularning shunchasi oʻzgardi, deb ayta olamiz?", — dedi siyosiy partiyalar bilan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalarni tanqid qildi
"Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab oʻtirish kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi boʻlmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil oʻrniga mayda masalalar bilan oʻralashib, dolzarb muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda

Milliy tiklanish" partiyasini oladigan boʻlsak, u milliy merosimiz va qadriyatlarimizni tiklash, ularni yanada boyitish bilan birga, turizm sohasini rivojlantirishni ham oʻz oldiga vazifa qilib qoʻygan. Ammo partiya amalda bu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, mavjud qonunlarning ijrosini nazorat qilish yuzasidan yetarlicha faollik koʻrsata olmayapti.

Holbuki, turizm sohasini rivojlantirish yoʻlida qancha muammolar, shu bilan birga, hali ishga solinmagan katta imkoniyatlar borligi, bu tarmoq yangi-yangi ish oʻrinlari yaratishda qanday muhim manba ekanini ortiqcha izohlab oʻtirishning hojati yoʻq.

Sarvar Otamuratov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sarvar Otamuratovning saylovoldi dasturi eʼlon qilindi
Lekin ushbu partiyadan saylangan deputatlarimiz, misol uchun, aeroport yoki vokzallarga, mehmonxonalarga, bojxona postlariga borib, turistlar uchun qanday sharoitlar yaratilganini oʻrganib, mavjud holatni yaxshilash yuzasidan amaliy taklif va tashabbuslar bilan chiqyaptimi?

Boshqa sohalarda boʻlgani kabi turizm sohasida ham eng katta muammo — zamonaviy fikrlaydigan, oʻz ishini, xorijiy tillarni puxta biladigan malakali kadrlar yetishmasligi bilan bogʻliq.

Ana shu dolzarb muammoni hal qilish maqsadida partiya vakillari qaysi oliy oʻquv yurtiga, qaysi kollejga borib, turizm boʻyicha mutaxassislar tayyorlash jarayonlari bilan, oʻquv dasturlari bilan qiziqyapti? Buning uchun katta mablagʻ kerak emas-ku!

Biz keyingi vaqtda turizm sohasini rivojlantirish uchun bir qator muhim qarorlar qabul qildik. Jumladan, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashkil etildi, ushbu soha taraqqiyotini jadallashtirish uchun qoʻshimcha imkoniyat va imtiyozlar yaratib berildi. Lekin ular negadir hozirga qadar "Milliy tiklanish" partiyasi uchun muhokama obʼyektiga aylanmadi.

Yana bir muhim masala — yurtimizdagi tarixiy obidalarni tiklash va taʼmirlash, buyuk ajdodlarimizning qadamjolarini obod etish boʻyicha oldimizda qancha-qancha vazifalar turibdi.

Oʻzbekiston madaniy meʼrosi namunalari - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Sarvar Otamurodov Oʻzbekiston madaniy boyliklarini qaytarish tarafdori
Mana, hozirgi paytda Qashqadaryoda Abu Muin Nasafiy, Toshkent shahrida Suzuk ota, Namangan viloyatida Ibrat domla, Sulton Uvays kabi ulugʻ zotlarning xotiralariga atab yangi majmualar, milliy oʻzligimizni yanada chuqurroq anglash, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish maqsadida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy markaz, poytaxtimizda esa Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazini barpo etish boʻyicha juda katta ishlar olib borilmoqda.

Bu partiya necha yillardan buyon tarixiy va madaniy meros masalalari bilan shugʻullanadi. Lekin haqiqiy tariximizni tiklash boʻyicha maktablar va oliy oʻquv yurtlarida olib borilayotgan ishlar, oʻquv dasturlarining saviyasini partiya faollari hech oʻrganganmi?

Sizlarga maʼlum, biz yaqinda Oʻzbekistonning yangi tarixini yaratish boʻyicha qaror qabul qildik. Bu qarorni tayyorlash jarayonida ushbu partiyaning roli, taklifi mutlaqo sezilmagani, uning vakillari ishtirok etmagani, albatta, odamni hayron qoldiradi.

Vaholanki, yuqorida tilga olingan masalalar boʻyicha tashabbus aynan "Milliy tiklanish" partiyasidan chiqishi kerak emasmidi? Nima uchun bunday takliflar faqat Prezident tomonidan bildirilishi kerak?", — deb aytgan prezident yigʻilish davomida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader