Siyosat

Mirziyoyev "koʻngilochar nashrlar" siyosiy gazetalardan oʻzib ketayotganini aytdi

© Press-slujba prezidenta RUzOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti siyosiy partiyalar nega koʻngilochar nashrlar bilan raqobatlasha olmayapti, degan savolni oʻrtaga tashladi

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev siyosiy partiyalar bilan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida partiyalar nashri haqida ham toʻxtalib oʻtdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident OAV xodimlariga savol berdi
"Mavjud toʻrtta partiya gazetalarining saviyasi, "Oʻzbekiston ovozi" gazetasini istisno qilganda, talabga javob bermaydi. Partiya gazetalarining umumiy soni bugungi kunda 60 mingga ham yetmasligi hayotdagi dolzarb muammolar va ularning yechimi boʻyicha aniq takliflar bu nashrlarda oʻz ifodasini topmayotganidan dalolat beradi.

Xususiy nashrlardan misol keltiraylik. Masalan, biz odatda "koʻngilochar nashrlar" deb biladigan "Darakchi", "Tasvir", "Soʻgʻdiyona" kabi gazetalar nafaqat yengil-yelpi gaplarni, shu bilan birga, muhim hayotiy masalalarni, aytaylik, kommunal xizmat, bozorlardagi narx-navo, tibbiyot, transport masalasi, tadbirkorlik bilan bogʻliq muammolarni ham atroflicha yoritayotgani uchun tiraji oshib bormoqda. Nima uchun partiya nashrlari bu masalalarda ular bilan raqobat qila olmayapti?

Siyosiy partiyalar rahbarlarining elektoratni oʻylantirayotgan muhim masalalar boʻyicha televideniye orqali aniq-ravshan oʻz pozitsiyasini bildirganini ham eslay olmaymiz.

Nima, partiya rahbarlari matbuotda chiqishdan qoʻrqadimi? Yoki xalq bilan muloqot qilishning mazmun-mohiyati va ahamiyatini anglab yetmaydilarmi?", — dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala