Siyosat

Mirziyoyev deputatlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishni buyurdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev shuningdek deputat va senatorlar oʻz faoliyati haqida saylovchilarni xabardor etib borish uchun Internetda, ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifalarini ochib, zarur maʼlumotlarni ularga kiritib borishlari lozim, deb aytdi

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Mirziyoyev Oʻzbekistondagi har bir deputat ijtimoiy tarmoqlarda oʻz akkauntiga ega boʻlishi lozim degan fikrni bildirdi.

Qishloqdagi uy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Deputat va senatorlar aholi muammolarini shaxsan oʻrganadilar
"Deputat va senatorlar oʻz faoliyati haqida saylovchilarni xabardor etib borish uchun Internetda, ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifalarini ochib, zarur maʼlumotlarni ularga kiritib borishlari lozim. Dunyodagi koʻpgina mamlakatlar allaqachon shu tizimga oʻtgan, deb taʼkidladi Oʻzbekiston prezidenti Oliy Majlis palatalari vakillari bilan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida.

Mirziyoyev bu boradagi ishlarni tashkil etish vazifasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbari SH.Shermatovga topshirilishini bildirib oʻtdi.

 

Oʻzbekiston prezidenti, shuningdek, Oliy Majlis palatalari deputatlar va senatorlarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirishga doir nizomni ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etish lozimligini taʼkidladi.

"Har bir deputat faoliyatini baholash va ragʻbatlantirishning aniq mezoni va mexanizmlarini belgilash, shunga koʻra namuna koʻrsatgan deputatlarga "adolatli deputat", "xalqparvar deputat", "mehnatkash deputat" degan nomlar berishni nazarda tutish maqsadga muvofiqdir", dedi prezident.

"Oʻylaymanki, bunday nomlarga sazovor boʻlgan deputatlar keyingi saylovlarda avvalo siyosiy partiyalar tomonidan nomzod sifatida ilgari suriladi, eng muhimi, ular xalqimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi", — ishonch bildirdi Oʻzbekiston prezidenti.

Mirziyoyev shuningdek, sidqidildan va samarali ishlagan, vakolati tugagan deputatlarga "faxriy deputat" maqomini berib, ularning oyligiga ustama haq toʻlash tizimini joriy qilish kerakligini aytdi va Qonunchilik palatasi deputati yoki Senat aʼzosi boʻlgan faxriy deputatlarga har yili eng kam oylik ish haqining 8 barobari, mahalliy kengashlarning faxriy deputatlariga — 3 barobardan 5 barobargacha boʻlgan miqdorda mukofot berishni taklif etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala