Jamiyat

ATK vaziri Mirziyoyev va AQShdagi oʻzbekistonliklar oʻrtasida uchrashuv tashkil etmoqchi

© Mejdunarodnыy press-klub RUzShermatov Sherzod - Ministr po razvitiyu informatsionnыx texnologiy i kommunikatsiy Uzbekistana
Shermatov Sherzod - Ministr po razvitiyu informatsionnыx texnologiy i kommunikatsiy Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Vazir ushbu uchrashuvni tashkil qilish uchun koʻngillilar kerak boʻlishini bildirgan

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Facebookdagi sahifasida Shavkat Mirziyoyevning AQShdagi oʻzbekistonliklar bilan uchrashuvini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

"AQShdagi aziz doʻstlar, sizlarga maʼlumki, Oʻzbekiston prezidenti sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasiga tashrif buyuradi. Shunday ekan, uning oʻsha yerda yashayotgan taniqli oʻzbeklar bilan uchrashuvini tashkil etishga urinib koʻrmaymizmi? Masalan, men 1999 yilda AQShda birinchi prezidentimiz bilan uchrashganimda bu men uchun juda katta tajriba boʻlgan. Shuning uchun agar shunday uchrashuv uyushtirsak, bu oʻsha yerda yashayotgan yurtdoshlarimiz uchun yodda qolarli voqea boʻlardi deb oʻylayman", deb yozadi Sherzod Shermatov.

Vazir uchrashuv tashkil qilish uchun koʻngillilar kerak boʻlishini bildirgan.

"Buning uchun menga salohiyatli ishtirokchilar (ism-shariflari, mavqei, aloqa maʼlumotlari) roʻyxatini tuzishda yordam beradigan koʻngillilar kerak boʻladi. Agar oʻsha yerda yashaydigan va bunday uchrashuvga qiziqish bildirgan taniqli oʻzbeklar (masalan, olimlar, oʻqituvchilar, vrachlar, biznesmenlar, xalqaro tashkilotlarda yuqori lavozimlarda ishlaydiganlar va muvaffaqiyatga erishganlar hamda talabalar) roʻyxatini tuza olsak, bu haqda maʼmuriyatga yetkazishga harakat qilib koʻraman. Taklif va gʻoyalaringizni yuborishingiz mumkin", deb yozadi u.

Koʻplab foydalanuvchilar mazkur taklifni qoʻllab-quvvatlab oʻz fikrlarini qoldirishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala