Jamiyat

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston IIVlari oʻzaro hamkorlikni mustahkamlamoqchi

© MVD UzbekistanaZamestitel ministra vnutrennix del RUz vstretilsya s zamestitelem ministra vnutrennix del Kыrgыzskoy Respubliki
Zamestitel ministra vnutrennix del RUz vstretilsya s zamestitelem ministra vnutrennix del Kыrgыzskoy Respubliki - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston ichki ishlar vaziri oʻrinbosari mahallalarda tashkil etilgan ichki ishlar organlari tayanch punktlari faoliyati bilan qiziqdi

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida vazir oʻrinbosari polkovnik Akromxon Boboxonov Qirgʻiziston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari militsiya general-mayori Kursan Asanov bilan uchrashdi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vladimir Kolokoltsev i Abdusalam Azizov podpisali protokol o vzaimodeystvii mejdu ministerstvami na 2017-2018 godы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiya va Oʻzbekiston IIVlari 2017-2018 yillarga hamkorlik Protokoli imzolashdi

Ushbu tashrif Oʻzbekiston ichki ishlar organlarida oʻtkazilayotgan tub islohotlarni oʻrganish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tizimga joriy etish yuzasidan tajriba almashish maqsadida mehmonlar taklifiga asosan tashkil etildi.

Uchrashuvda A.Boboxonov respublika ichki ishlar organlarida oʻtkazilayotgan tub islohotlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tizimga joriy etilishi yuzasidan mehmonlarga maʼlumot berdi. K.Asanov ham oʻz oʻrnida Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligi tizimlarida oʻtkazilayotgan islohotlar haqida oʻrtoqlashdi. Tomonlar ushbu yoʻnalishda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini mustahkamlash, oʻzaro tajriba almashish doirasida fikr almashdilar.

Suhbat davomida K.Asanovni mahallalarda tashkil etilgan ichki ishlar organlari tayanch punktlarining faoliyati qiziqtirdi. Qirgʻiziston Respublikasi delegatsiyasi aʼzolari Toshkent shahridagi ichki ishlar boʻlimlari va tayanch punktlarida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning may oyida Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri politsiya generali V.Kolokoltsev ishchi tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala