Jamiyat

Xorijga chiqish, hujjatlarni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish uchun yangi boshqarma tuziladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishViza
Viza - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi boshqarma biometrik hujjatlar berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtincha propiska olish, yashash joyi boʻyicha hisobga olish, shuningdek, manziliy-maʼlumotnoma olish jarayonlarini soddalashtiruvchi elektron tizimni joriy qilish bilan shugʻullanadi

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 11 iyul kuni migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari haqidagi qaroriga binoan Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tizimida Elektron axborot tizimlari boshqarmasi tashkil etiladi.

Uzbekskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda chet elga chiqish pasporti joriy qilinadi
Mazkur boshqarmaning asosiy vazifasi davlat xizmatlari koʻrsatish, jumladan, biometrik hujjatlar berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtincha propiska olish, yashash joyi boʻyicha hisobga olish, shuningdek, manziliy-maʼlumotnoma olish jarayonlarini soddalashtiruvchi elektron tizimni joriy qilish va rivojlantirish hisoblanadi.

Shuningdek, doimiy va vaqtincha propiska olish, yashash joyi boʻyicha hisobga olish, Oʻzbekiston respubligasiga kirish, chiqish, fuqorolikni olish, chiqish va yoʻqotish, siyosiy boshpana berilishi yoʻnalishlarida integrallashgan maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va joriy qilish, axborot tizimlarining xavfsiz va uzluksiz ishlashi va boshqalarga javobgar boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Oʻzbekiston fuqarolari chet elga chiqish uchun alohida pasportga ega boʻlishlari haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala