Hodisalar

Alpinistlar Chimyonda yoʻqolgan erkakni qidirishda koʻngillilardan yordam soʻramoqda

© Oleg BrovkoAlpinistы v gorax
Alpinistы v gorax - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentlik Boris ismli kishi 5 iyuldan buyon qidirilmoqda

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Yaqinda Chimyon togʻida yoʻqolib qolgan erkakni qidirish ishlari davom etmoqda. Oʻzbek alpinistlari uni topish uchun koʻngillilarni taklif etishmoqda.

Spasatelnыe rabotы v gorax - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Chimyonda yoʻqolgan fuqaro vertolyot yordamida qidirilmoqda

"5 iyul kuni Chimyonda yoʻqolib qolgan Boris S.ni qidirish ishlari davom etayotganligini koʻpchilik biladi. Uni FVV, harbiylar, vertolyot, choʻponlar, turist va alpinistlar qidirishmoqda. Qidiruv davom etmoqda. Hozircha natijaga erishilmadi. Kelayotgan dam olish kunlari yordam berishni istaganlarni bizga qoʻshilishga taklif qilaman. Kerakli kiyim-bosh va durbin lozim boʻladi", deb yozadi Oʻzbekiston alpinizm va qoyaga chiqish federatsiyasi prezidenti Alisher Xursandov.

Eslatib oʻtamiz, toshkentlik Boris ismli kishi 5 iyuldan buyon qidirilmoqda. U oxirgi marta oyogʻini sindirib olgani va yordam kerakligi haqida xotiniga qoʻngʻiroq qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala