Turizm

Oʻzbekiston – yevropaliklarni jalb etish boʻyicha yetakchi

Oʻzbekiston turistlarni foydali almashuv kursi, xalqaro aviaparvozlar narxi, ayniqsa, yashash xarajatlari arzonligi bilan jalb etgan

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston – yevropaliklarni jalb etish boʻyicha yetakchi, degan xulosaga keldi Yevrohudud mamlakatlari sayyohlarini eng qiziqtiruvchi mamlakatlar reytingini tuzgan Italiyaning ilSole24ore gazetasi.

Turizm
Samarqandda "Samarkand city" turizm zonasi barpo etiladi

"Tadqiqotda BigMac xalqaro indeksi va Numbeo portalining "Jahon mamlakatlaridagi xalq isteʼmoli mollari" boʻlimidagi maʼlumotlardan foydalanilgan", — deb xabar berdi Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.

"Maroqli hordiq? Yevro oʻz kuchiga ega yetti maskan" nomli tadqiqotda Oʻzbekiston Xitoy bilan bir qatorda turistlarni foydali almashuv kursi, xalqaro aviaparvozlar narxi, ayniqsa, yashash xarajatlari arzonligi bilan jalb etishi maʼlum qilingan. Bundan tashqari, turistlar Oʻzbekistonning ososyishtaligi va iqlimini ham ijobiy baholashgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala