Siyosat

Qirgʻizistonda 25 kishi prezident boʻlish niyatdaligini bildirdi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Fotobankka oʻtishQirgʻizistonliklar
Qirgʻizistonliklar - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻz nomzodini koʻrsatayotganlarning barchasi 26 avgust sanasiga qadar oʻzini qoʻllab-quvvatlagan aholi orasida 30 ming imzo toʻplashi, MSK hisob raqamiga 1 million som (15 ming dollar atrofida) mablagʻ kiritishi shuningdek, davlat tilidan test topshirishi kerak boʻladi

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Qirgʻizistonda prezident saylovlari poygasida ishtirok etishni xohlayotganlar soni 25 nafarga yetdi. Ularning barchasi nomzodlar sifatida Markaziy Saylov Komissiyasiga rasman hujjat topshirganlar, deb xabar qildi RIA Novosti nashriga juma kuni mamlakatdagi saylovlar va referendum oʻtkazish boʻyicha Markaziy komissiya matbuot-xizmati vakili.

Portfeli - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻizistonda prezidentlikka nomzodlar soni 22 nafarga yetdi
Qirgʻizistonda prezident saylovlari 15 oktyabrga belgilangan. Nomzodlarni ilgari surish ishlari 15 iyundan boshlangan. Qirgʻiziston Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat prezidenti faqat bir marotaba, olti yillik muddatga saylanadi. Bir inson hayotda faqat bir marta yuqori lavozimni egallashi mumkin. Prezident lavozimini tark etayotgan Almazbek Atambayev ham bir necha marotaba oʻziga voris tayyorlash niyati yoʻqligini bildirgan.

Qirgʻiziston MSK saylovlarni yoritish uchun 258 nafar OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazgan.

Oʻz nomzodini koʻrsatayotganlarning barchasi 26 avgust sanasiga qadar oʻzini qoʻllab-quvvatlagan aholi orasida 30 ming imzo toʻplashi, MSK hisob raqamiga 1 million som (15 ming dollar atrofida) mablagʻ kiritishi shuningdek, davlat tilidan test topshirishi kerak boʻladi.

RF prezidenti V. Putinning Qirgʻizistonga safari - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻizistonda endi inqiloblar boʻlmaydi, dedi Atambayev

Ilgariroq, uch kishi: ishbilarmon, huquqiy himoya markazi rahbari hamda vaqtincha ishsiz fuqarolar Qirgʻizistonda prezidentlik saylovlarida qatnashish niyati borligini bildirishgani haqida xabar bergan edik. Kuni kecha "Bүtүn Qirgʻiziston" partiyasidan Adaxan Madumarov hamda turkiy tilli mamlakatlar siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi rahbari Nusret Musa-oʻgʻli Mamedov oʻz nomzodlarini ilgari surishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala