Andijonda bombilalarga qarshi operatsiya o‘tkazilmoqda: "Uchar Damaschi" qo‘lga tushdi

© StringerAvtomobil "Deu Damas"
Avtomobil Deu Damas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2015 yilda Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro huquq tartibot organlari e’tiboriga tushgan bo‘lib, o‘sha vaqtda ma’muriy javobgarlikka tortilgan edi. Bu safar esa haydovchi jinoiy javobgarlikka tortildi

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Andijon viloyatida "Damas" haydovchisi litsenziyasiz va boshqa kerakli hujjatlarsiz yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortildi, deb xabar qildi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Posetitelnitsa na vistavke - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bir sutkada 30 nafar mast haydovchi aniqlandi

Xabarda aytilishicha, aholiga noqonuniy pullik transport xizmatlarini amalga oshirish bilan shug‘ullangan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 190-modda birinchi bandiga asosan chora qo‘llanilgan.

Ushbu fuqaroga jazo tariqasida bir yillik ahloq tuzatish ishlari qo‘llangan. Shuningdek, uning oylik maoshining 10 %i davlat budjetiga o‘tkaziladi.

Fuqaro ikki yil avval, ya’ni 2015-yilda Andijon haydovchisi bu kabi huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati hokimligi shu kunlarda IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘l transport xodisalarining oldini olish, transport va piyodalar oqimini tartibga solish keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi haqida xabar tarqatgan edi.

Yangiliklar lentasi
0