Migratsiya agentligi xorijda mehnat qilish uchun yuborish xarajati miqdorini ma’lum qildi

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Mediabankka o‘tishMigranti vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya
Migranti vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agentlik shuningdek, Mehnat migrantlariga huquqiy yordam Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Rossiyada ishlashni istagan fuqarolar uchun quyidagi kasblar bo‘yicha tanlov e’lon qildi

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining ma’lum qilishicha, xorijga yuboriladigan har bir fuqaro til va qonunchilik asoslari, diniy aqidaparastlik va terrorizmga qarshi kurash fanlaridan o‘qitiladi va moslashtiriladi. Bu haqda agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Ma’lumot berilishicha, o‘qitish va ko‘niktirish Markazi uchun to‘lov (Toshkent shahridagi yotoqxonasi bilan birga) 665 449 so‘m 60 tiyinni tashkil qiladi. Kiyim-kechak to‘lovi – 142 000 so‘m. Talabgorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rik to‘lovi – 140 300 so‘m. O‘z-o‘zini ta’minlash asosida faoliyat yuritadigan agentlikning xarajatlari to‘lovi to‘rt minimal maosh miqdoridadir. Xorijga agentlik orqali faoliyat yuritish uchun yuborishning bundan boshqa xarajati yo‘q.

Vizit ekspertov FIFA i Orgkomiteta Rossiya-2018 na stadion Lujniki - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi 500-1100 dollarlik ishlarga taklif qilmoqda

Agentlik shuningdek, Mehnat migrantlariga huquqiy yordam Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Rossiyada ishlashni istagan fuqarolar uchun quyidagi kasblar bo‘yicha tanlov e’lon qildi: dazmollovchi (gladilshik), 5-6 razradli kiyim bichuvchi, brigadir (brigada boshlig‘i), to‘qish-tikish uskunalari operator – mexanigi, 4-5 razradli tikuvchi, kettellovchi (hoshiyalovchi), to‘qish uskunalari operatori.

Xabarda aytilishicha, ish haqi ishbay (brigadaning rejani bajarishiga qarab) bo‘lib, 500 dollar va undan yuqori.

Nomzodlardan rus tilini qoniqarli darajada bilish, intizomlilik, ishlab chiqarish rejasini bajarish, ozodalik, zararli odatlarning yo‘qligi talab qilinadi.

Yuqoridagi yo‘nalishlarda xorijda mehnat faoliyatini yuritish istagida bo‘lganlar Tashqi migratsiya agentligining +998 71 202 33 44, +998 71 202 33 55, +998 71 202 33 66, +998 71 202 33 88, +998 71 202 33 99 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 4-5 aprel kunlari Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya korxonalariga turar joy, tibbiy sug‘urta bilan ta’minlangan va huquqlari kafolatlangan holda, tashkillashtirilgan tartibda ishga taklif qilish haqida kelishib olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0