Madridda "Amerika tepaligi" attraksionida ikki tarkib to‘qnashuvi yuz berdi

© DANI POZO / AFPTez tibbiy yordam mashinasi
Tez tibbiy yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Baxtsiz hodisa "Shaxtadan kelayotgan poyezd" deb nomlangan Amerika tepaligi attraksionida yakshanba kuni kunduzi ro‘y bergan

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Madridda "Amerika tepaligi" attraksionida ikki tarkib to‘qnashuvi yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti EFE agentligiga tayangan holda.

"Madriddagi istirohat bog‘idagi attraksionda yuz bergan hodisa oqibatida kamida 26 kishi jarohatlandi", — deyilgan xabarda.

Baxtsiz hodisa "Shaxtadan kelayotgan poyezd" deb nomlangan Amerika tepaligi attraksionida yakshanba kuni kunduzi ro‘y bergan.

Attraksionga tashrif buyuruvchilar orasida yosh bolalar ham bo‘lib, ular yengil jarohatlanganligi aytilmoqda. Jarohatlanganlarning barchasi kasalxonaga olib ketilgan.

Yangiliklar lentasi
0