Eng yosh vazir o‘rinbosari o‘zining yangi loyihasini ishga tushirmoqda

© Press-klubEng yosh vazir o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev
Eng yosh vazir o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihaning maqsadlari: ijtimoiy birdamlik hamda faollikni kuchaytirish; hamfikr insonlarni bir-birlarini topib, aloqa o‘rnatishlarida yordam berish va bu orqali g‘oya egalarini, ayniqsa yoshlarni ruhlantirish va qo‘llab-quvvatlash

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Alisher Sa’dullayev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o‘zining yangi loyihasi haqida post e’lon qildi.

Press-klub: soveshanie - Sputnik O‘zbekiston
Eng yosh vazir o‘rinbosari: asosiysi - prezident ishonchini oqlash
"…mening tashabbusim bilan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Yoshlar Ittifoqi hamda «Yoshlar» telekanali bilan hamkorlikda yangi loyiha ish boshlaydi.

Loyiha O‘zbekiston ilm-fan, sport, san’at va madaniyatiga oid eng ilg‘or g‘oyalarni ommaviy uzatish va tinglashga imkon yaratib beruvchi platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Oddiy dehqondan tortib vazirgacha bo‘lgan xohlovchilar «Yoshlar» telekanalida taqdimot qilishlari orqali o‘zining ibratli g‘oyalari, tajribasi va hikoyalarini omma bilan baham ko‘ra oladi. Misollar: poyabzal ishlab chiqaruvchisining biznes faoliyati; o‘qituvchi o‘zi ishlab chiqqan, rusiyzabonlarga o‘zbek tilini o‘rganishlari bo‘yicha qo‘llanmasining taqdimoti; shahar hokimining o‘z faoliyati davomida duch kelgan ibratli, barchani larzaga soladigan hikoyasi; ilmiy xodimning ixtirosi; o‘lim bilan olishib tirik qolgan bemorning tashakkuri; talabaning "Start up" g‘oyasi; o‘t o‘chiruvchisining oilasi va hayoti; doimo kulib yuradigan bog‘bon maslahatlari; jurnalistning jasorat hikoyasi; O‘zbekistonda ekstremal sport va boshqalar.

Xalqaro Press-klub - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi oldida turgan dolzarb masalalar muhokama qilindi
Loyihaning maqsadlari: fikrlar va g‘oyalarni bir joyga jamlab, ovoza qilish, ularning bazasini yaratish; ijtimoiy birdamlik hamda faollikni kuchaytirish; hamfikr insonlarni bir-birlarini topib, aloqa o‘rnatishlarida yordam berish va bu orqali g‘oya egalarini, ayniqsa yoshlarni ruhlantirish va qo‘llab-quvvatlash.

Loyihaning xalqaro muqobili — TED (www.ted.com) platformasidan farqi shundaki, uning asosiy faoliyati internet emas, balki televidenie kanali orqali olib boriladi va bu bilan keng omma qamrovi ta’minlanadi.

Biz hozirda jamoamiz bilan loyihaning tartibi, nizomi hamda ishtirokchilar/taqdimotchilar uchun standard ko‘rsatmalarni ishlab chiqmoqdamiz. Milliy qadriyatlarimizni, O‘zbekiston shart-sharoitlarini e’tiborga olgan holda ushbu loyiha bo‘yicha har qanday fikrlaringizni kutib qolamiz. Buyuk bobokalonimiz Amir Temur aytganlariday: «Kuch — birlikda». Kelinglar, birgalashib ushbu loyihani amalga oshiraylik!", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0