Odnoklassnikida nashrlar o‘qilish soni hisoblagichlari paydo bo‘ldi

© Novosti Uzbekistana"Odnoklassniki" obyedinyayutsya s platejnoy sistemoy UZCARD
Odnoklassniki obyedinyayutsya s platejnoy sistemoy UZCARD - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hisoblagich har bir nashr etilgan post tepasida joylashgan va uni faqat post muallifi ko‘ra oladi

TOShKENT, 17-iyul-Sputnik. Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchilar shaxsiy postlarining necha marotaba o‘qilganligi sonini ko‘rish imkoni paydo bo‘ldi, deb xabar qildi Odnoklassniki matbuot xizmati.

Odnoklassniki - Sputnik O‘zbekiston
"Odnoklassniki"dagi tanishuv tufayli 20 yashar Jonibek yetti yilga qamaldi

Hisoblagich har bir nashr etilgan post tepasida joylashgan va uni faqat post muallifi ko‘ra oladi. Bir oz avval OK guruhlardagi mavzularning o‘qilishi hisoblagichlarini ishga tushirgan va ularni faqat guruh ma’muriyati ko‘ra olar edi.

"Ba’zan guruh ma’muriyatiga ham, oddiy foydalanuvchilarga ham "klass"lar va sharhlar soni yetarli bo‘lmaydi. Shu sababli, biz, mualliflarga auditoriyaning qiziqishiga baho berish va kontent ustida ish olib borishga yordam berishga qaratilgan, yana bir — o‘qilishlar soni ko‘rsatkichini kiritdik. Biz, sun’iy tarzda o‘qishlar sonini oshirish va bir odam tomonidan bir necha marotaba o‘qishini to‘g‘ri hisoblash uchun maxsus algoritmdan foydalanamiz" — dedi Odnoklassniki loyihasining "Guruhlar" yo‘nalishi rahbari Sergey Stavskiy.

© Press-slujba OK V Odnoklassnikax poyavilis schetchiki prosmotrov publikatsiy
V Odnoklassnikax poyavilis schetchiki prosmotrov publikatsiy - Sputnik O‘zbekiston
V Odnoklassnikax poyavilis schetchiki prosmotrov publikatsiy

O‘qilishlar soni hisoblagichlari ijtimoiy tarmoqning faqatgina veb ko‘rinishida mavjud. Keyinroq ular OKning iOS va Android ilovalariga ham qo‘shiladi. Ammo shunga qaramay ko‘rsatkichlar hisoblanayotganda barcha platformalarning ko‘rsatkichlari hisobga olinadi.

Foydalanuvchilarning postlarida faqatgina o‘qilish soni ko‘rsatiladi, guruhlar mavzularida esa hisoblagich tugmasiga bosilganida yangi oynada o‘qilish soni, foydalanuvchilar qamrovi va boshqa statistik ma’lumotlar ochiladi.

Yangiliklar lentasi
0