Xitoyda ikki yuk mashinasi to‘qnashuvi tufayli kuchli portlash yuz berdi

© Sputnik / Maksim Avdeyev / Mediabankka o‘tishPortlash
Portlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa yuz bergan soniyalar videokamera tomonidan qayd etilgan

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Xitoyning Xuanchjou shahri yaqinidagi Chzenszan provinsiyasida bir yuk mashinasi ikkinchisini turtib yuborishi oqibatida kuchli portlash yuz berdi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, portlash videokameraga tushirilgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan. Yuk haydovchisi yuz bergan hodisa yuzasidan CCTV Newsga izoh bergan.

"To‘qnashishimiz bilan, portlash yuz berdi. Men hattoki bu qanday bo‘lganini tushunishga ulgurganim yo‘q. Faqat kuchli portlash ovozini eshitdim, xolos…", — degan u.

Yong‘inni bartaraf etish uchun trassani yopishga to‘g‘ri kelgan. Rolikda aks etgan videoga binoan bir yuk mashinasida bo‘yoqlar, ikkinchisida esa metall buyumlar bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0