Jamiyat

Qiynalib qolgan halol soliq toʻlovchilarga soliq taʼtillari berilishi mumkin

Soliq toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni qaytarish yoki hisobga olish muddati ikki baravarga qisqartirilmoqda

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda 2018 yil 1 yanvardan soliqchilik tizimida qator yangiliklar joriy etilmoqda. Bu Oʻzbekiston prezidentining "Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmonida koʻrsatib oʻtilgan.

Farmon bilan soliq organlari va halol soliq toʻlovchilar oʻrtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama koʻmaklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringi joriy etilmoqda.

Soliq, hisob - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston byudjetiga tushumlarning toʻliqligini nazorat qiluvchi inspektsiya tashkil etiladi

Ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, yirik xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga oʻz vaqtida va samarali xizmat koʻrsatish maqsadida ular boʻyicha soliq maʼmuriyatchiligi funktsiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga yuklatilmoqda.

Vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga toʻqnash kelgan halol soliq toʻlovchilar – xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga soliq taʼtillari berish tarzidagi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi shakli nazarda tutilmoqda (soliq taʼtillari – soliq toʻlovchiga maʼlum muddatga soliq toʻlashdan ozod qilish koʻrinishida imtiyoz berish).

Shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni qaytarish yoki hisobga olish muddati ikki baravarga qisqartirilmoqda. Endilikda ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni qaytarish yoki hisobga olish soliq toʻlovchi vakolatli organlarga murojaat etgan sanadan boshlab 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala