Dunyoda

Argentinada gʻayrioddiy sovuqdan 7 kishi qurbon boʻldi

© Lili SurSneg v Argentine
Sneg v Argentine - Sputnik Oʻzbekiston
San-Karlos-de-Bariloche shahrida tarixda birinchi marta misli koʻrilmagan - 25,4 daraja sovuq qayd etildi.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Janubiy Amerikada joylashgan Argentinaning katta qismiga, yozning qoq oʻrtasida kutilmaganda sovuq tushdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Nashr xabariga koʻra, seshanba kuni Neuken va Misones viloyatlarida 2 kishi sovuqdan halok boʻlgan, yana besh kishi sovuq havo natijasida yuzaga kelgan turli holatlardan qurbon boʻlishgan. Ularning aksariyati istish pechlaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida zaharli gazlardan halok boʻlgan.

Oʻtgan haftada Argentinaga kuchli sovuq havo keldi. San-Karlos-de-Bariloche shahrida tarixda birinchi marta misli koʻrilmagan — 25,4 daraja sovuq havo qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala