Munajjim: yulduzlar yozda urush boshlanadi, deyapti

Munajjim-tahlilchi Svetlana Dragan iyul va avgust oylarida nimalar roʻy berishi mumkinligi haqida bashorat qildi

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Dunyoga mashhur munajjim Svetlana Dragan 2017 yil bir qancha tabiiy va texnogen ofatlarni olib keladi, hatto urush boshlanishi mumkin, deya bashorat qilmoqda.

Astrolog Vasilina Mitskevich - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Munajjimlar avgustda SSSR qayta birlashishini bashorat qilmoqda
"Yoz mavsumida (4 avgustda) Yupiterning Plutonga qarshi turishi kuzatiladi. Bu esa tarixda tub burilish yuz berishidan dalolat, ammo bu oʻzgarishlar natijasini oradan vaqt oʻtib sarhisob qila olamiz",- deb aytgan bashoratchi Sputnik Belarus radiosi muxbiriga.

Svetlana Dragan urush yuzaga kelishi ehtimoli haqida ham aytib oʻtgan. Bashoratchining soʻzlariga koʻra, yulduzlar hokimiyat uchun kurashni yuzaga keltirishi mumkin: bunda kapital taqsimotida yetakchilik, dunyo tartib-qoidalarini oʻrnatish huquqi uchun kurash avj olishi kuzatiladi.

"Toʻgʻri va koʻchma maʼnoda choʻgʻ alanga olishi mumkin", — deb taʼkidlagan bashoratchi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala