O‘zbekistondagi banklar avtokredit berishni vaqtincha to‘xtatdi

© Sputnik / Vadim ShekunRavon R2 na Moskovskom Mejdunarodnom avtosalone
Ravon R2 na Moskovskom Mejdunarodnom avtosalone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu xabarni avtokredit beruvchi banklarning bosh ofislari tasdiqladi

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekiston banklari GM Uzbekistan avtomobillari uchun avtokreditlar taqdim etishni vaqtincha to‘xtatdi, deb xabar bermoqda Uz24.

Xabarda aytilishicha, bu xabarni avtokredit beruvchi banklarning bosh ofislari tasdiqladi.

Nexia 3 - Sputnik O‘zbekiston
Neksiya 3 avtomobilini kreditga olish uchun nimalar kerak?

"Afsuski barcha kredit liniyalari qayta moliyalash stavkasi oshishi sababli yopildi", — dedi "Asaka" banki operatori.

"Avtokredit berish rostdan ham vaqtincha to‘xtatildi", — degan javob berildi "Aloqabank" koll-markazida.

"Faqat ikkilamchi bozordagi avtomobillar uchun kredit bermoqdamiz. Birlamchi bozor hozircha yopiq. Qancha muddatga yopiqligi noma’lum", — deb ma’lum qildi nashrga "Kapitalbank".

"Avtomobilga kredit bermayapmiz. Kreditlashtirish yopildi. Qachon ochilishi noma’lum", — deyildi "Trastbank" kreditlash bo‘limi tomonidan.

Avtomobil sotib olish uchun kreditlar shu yilning 1-iyunidan boshlab berilayotgandi. Kredit taqdim etish shartlari har bir bankda turlicha edi. GM Uzbekistanning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati nashrga ma’lum qilishicha, kompaniya banklarning kredit siyosatiga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.

Yangiliklar lentasi
0