Hodisalar

Samarqandda patrul-post inspektorini mashina urib ketdi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiy militsioner
Uzbekskiy militsioner - Sputnik Oʻzbekiston
Katta tezlikda kelayotgan "Neksiya" kichik serjant Sherzod Mustafoyevning talabiga boʻysunmagan va uni urib ketgan

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Samarqand shahridagi Goʻroʻgʻli koʻchasidagi postda navbatchilik qilayotgan patrul-post xizmati inspektorini mashina urib ketdi. Bu haqda "Samarkandskiy vestnik" gazetasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, katta tezlikda kelayotgan "Neksiya" kichik serjant Sherzod Mustafoyevning talabiga boʻysunmagan va uni urib ketgan.

Jarohatlangan inspektor kasalxonaga yotqizilgan.

"Neksiya" haydovchisi TS.K. qoʻlga olingan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala