Jamiyat

Andijonda goʻsht 29 ming soʻmdan sotiladigan boʻldi

Maxsus oʻtkazilgan nazorat tadbiri natijasida bir kilogramm goʻshtning eng maqbul narxi aniqlandi

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida turli soha vakillari bilan uchrashib, taraqqiyotning ikkinchi bosqichida olib borilayotgan siyosatning mazmun-mohiyatini tushuntirmoqda. Aholi turmush farovonligini taʼminlash yoʻlidagi dolzarb vazifalar muhokama qilinyapti, deb xabar qildi "Andijonnoma" nashri.

Myasopererabatыvayuщeye predpriyatiye APX Miratorg v Bryanskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Goʻsht eksport qilishga ruxsat berildi
"Ana shunday uchrashuvlardan biri "Bogʻi Bobur" dam olish maskanida boʻlib oʻtdi. Tadbirda goʻsht va goʻsht mahsulotlarining narxi asossiz koʻtarilayotganligi muhokama qilindi. Yigʻilishga sohaga aloqador tashkilotlarning rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, prokuratura, ichki ishlar, soliq idoralarining xodimlari va qassoblar taklif etildi", — deyilgan xabarda.

Uchrashuvda ayni kunlarda viloyat hududida bir kilogramm goʻshtning narxi 34 ming soʻmga koʻtarilgani aytilgan. Asossiz ravishda narx belgilash esa aholi noroziligiga sabab boʻlayotganligiga eʼtibor qaratilgan. Vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan mutasaddilar chora koʻrmayotganligi tanqid ostiga olingan.

Jarayonni tahlil qilish maqsadida nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unga koʻra, bir kilogramm goʻshtning eng maqbul narxi aniqlangan.

"Muhokamalar yakunida viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan 622 ta qassobxonaning barchasida bir kilogramm goʻsht 29 ming soʻmdan sotiladigan boʻldi", — deyilgan xabar yakunida.

Jahongir SODIQJONOV.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala