Jamiyat

Qirgʻizistonlik jurnalist Stenin nomli fotokonkurs gʻolibi boʻldi

© Tabыldы Kadыrbekova | Stenincontest"Prodavщitsa sladkoy vatы"
Prodavщitsa sladkoy vatы - Sputnik Oʻzbekiston
Andrey Stenin nomli fotojurnalistika boʻyicha xalqaro tanlovning asosiy maqsadi - yosh fotosuratchilarni qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy fotojurnalistika muammolariga jamoatchilik fikrini qaratishdir.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi tomonidan YUNESKO yordamida oʻtkazilgan Andrey Stenin nomli fotosuratlar tanlovining navbatdagi turida Sputnik Qirgʻiziston nashrining fotosuratchisi Tabыldы Kadыrbekovning "Shirin paxta sotuvchisi" nomli fotosurati gʻolib chiqdi.

Tabыldы Kadыrbekovning oʻzi ushbu fotosurat qanday olingani haqida quyidagilarni aytib berdi.

Shirintoy bolajon, tanlovi 1 bosqich, №13 - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
"Shirintoy bolajon" Oʻzbekistonda birinchi onlayn foto tanlovi

"Koʻchada izgʻirin sovuq va boʻron boʻlayotgan edi. Shef-redaktor menga fotolavha suratga olishni topshirganida, men xoxlamayroq koʻchaga chiqdim, lekin  keyinroq ish davomida qiziqib, sovuqni ham qorni ham unutib yubordim. Bishkekliklar izgʻirin qordan qanday yashirinayotganini kuzatish maroqli edi. Ishimni tugatib qaytayotgan vaqtimda shirin paxta sotayotgan opani koʻrib qoldim. Avval uni orqa tomonidan suratga oldim, lekin nazarimda nimadir yetishmayotgandek boʻldi. Aylanib oʻtib yana bir-ikkita surat oldim. Opaxon menga kulib boqdi. Shu vaqt mana shu suratni oldim. Opa mendan "Nimaga  suratga tushirayapsan?" deb soʻradi. Men "Esdalik uchun" deb javob berdim".

Butun dunyodan fotojurnalistlar ishtirok etgan ushbu konkurs yakunlari 7 avgust kuni professional hakamlar hayʼati tomonidan eʼlon qilinadi va sovrinlar hamda diplomlar topshiriladi. Quyida eng koʻp ovoz jamlagan beshta fotosuratni namoyish etamiz. Ular orasida Hindistonlik Shashi Shekxar Kashyapaning "Bevalar boʻyoqlar bayramida", JARlik  Fandulvazi Djaykloning "Grabu shahridagi namoyishlar", Yunonistonlik Anna Panteliyaning "Yevropa orzusi" hamda Rossiyalik Yuriy Smityukning "Qishgi serfing" fotosuratlari bor.

© Shashi Shekxar | StenincontestNa snimke uchastnitsы festivalya Xoli v xrame Gopinat v Brindabane. V etom gorode mnogo ashramov, kuda so vsey Indii priyezjayut jit jenщinы, kotorыx, soglasno traditsii, izgnali iz semey posle smerti muja.
Vdovы na prazdnike krasok - Sputnik Oʻzbekiston
1/4
Na snimke uchastnitsы festivalya Xoli v xrame Gopinat v Brindabane. V etom gorode mnogo ashramov, kuda so vsey Indii priyezjayut jit jenщinы, kotorыx, soglasno traditsii, izgnali iz semey posle smerti muja.
© Fandulvazi DjaykloProtestы v gorode Grabu (YUAR)
Protestы v gorode Grabu (YUAR) - Sputnik Oʻzbekiston
2/4
Protestы v gorode Grabu (YUAR)
© Anna PanteliyaYevropeyskaya mechta
Yevropeyskaya mechta - Sputnik Oʻzbekiston
3/4
Yevropeyskaya mechta
© Yuriy Smityuk | StenincontestZanyatiye serfingom na poberejye Kamchatki i Primorskogo kraya
Zimniy serfing na Tixookeanskom poberejye Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
4/4
Zanyatiye serfingom na poberejye Kamchatki i Primorskogo kraya
1/4
Na snimke uchastnitsы festivalya Xoli v xrame Gopinat v Brindabane. V etom gorode mnogo ashramov, kuda so vsey Indii priyezjayut jit jenщinы, kotorыx, soglasno traditsii, izgnali iz semey posle smerti muja.
2/4
Protestы v gorode Grabu (YUAR)
3/4
Yevropeyskaya mechta
4/4
Zanyatiye serfingom na poberejye Kamchatki i Primorskogo kraya

Eslatib oʻtamiz, Andrey Stenin nomli xalqaro tanlovning asosiy maqsadi — yosh fotosuratchilarni qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy fotojurnalistika muammolariga jamoatchilik fikrini qaratishdir. 2017 yilda Andrey Stenin nomli fotojurnalistika tanlovida dunyoning 76 mamlakatidan 5000 ta fotosurat ishtirok etmoqda. Tanlov 4ta nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi: "Asosiy yangiliklar", "Sport", "Mening planetam" va "Portret. Zamonamiz qahramoni."  Tanlov gʻoliblarining ishlari esa Moskve, Istambul, Keyptaun, Shanxay, Pekin, Qohira, Berlin, Rim, Maribor va Lyublyanadagi festival va koʻrgazma maydonlarida namoyish etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader