Jamiyat

Oq uy Tramp va Putinning yashirin uchrashuvi haqidagi xabarlarni inkor qildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishOfitsialnaya rezidentsiya prezidenta SSHA - Belыy dom v Vashingtone (okrug Kolumbiya)
Ofitsialnaya rezidentsiya prezidenta SSHA - Belыy dom v Vashingtone (okrug Kolumbiya) - Sputnik Oʻzbekiston
Dmitriy Peskov aytishiga qaraganda ikki rahbar suhbat qilish uchun vaqt yetarli boʻlgan, yaʼni hech qanday yashirin uchrashuvga hojat boʻlmagan.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Gamburgda boʻlib oʻtgan G20 sammitidan keyin Rossiya va AQSH prezidentlarining "qisqa suhbati" boʻlib oʻtgan edi. bu haqida jurnalistlarga Oq uy vakili xabar bergan edi.

"Putin va Tramp orasida hech qanday "ikkinchi uchrashuv" boʻlgini yoʻq. Tushlik soʻnggida qisqa suhbat boʻldi xolos. Oq uy ikkinchi uchrashuv haqidagi maʼlumsotlarni yashirmoqchi degan gaplarning barchasi yolgʻonchilik, pastkashlik va ablahlik", —  deb prezident vakilining soʻzlarini keltiradi Reyter agentligi.

Donald Tramp va Putinning "yashirin uchrashuvi" haqida dastlab Eurasia Group xalqaro konsalting firmasi rahbari Yan Bremmer Bloomberg agentligi bilan boʻlgan suhbatda xabar qilgan edi.  Uning aytishiga koʻra, ikki rahbar birinchi rasmiy uchrashuvdan keyin  yana bir soat davomida suhbatlashgan. Bundan xabar topgan AQSH OAVlari esa, Oq uy bu haqida xabar bermagan edi,  deman ular buni yashirgan deb jar solishga tushgan edi.

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v sammite Gruppы dvadtsati v Gamburge - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tramp va Putinning birinchi uchrashuvi qanday oʻtdi

Xususan, Washington Post nashri yozishiga koʻra, G20 rahbarlari uchun tashkil qilingan kechgi ovqat  vaqtida prezident Tramp oʻz joyidan turib Vladimir Putinning yoniga kelib oʻtirgan va suhbat qilgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytishiga qaraganda ikki rahbar asosiy ikki soatlik muzokaralardan keyin ham suhbat qilish uchun vaqt yetarli boʻlgan, yaʼni hech qanday yashirin uchrashuvga hojat boʻlmagan.

"Yashirin uchrashuv" haqidagi xabarlarning paydo boʻlishi Donald Trampning ham gʻazabini qoʻzgʻadi.

"Yolgʻonchi OAVlarning yashirin kechki ovqat haqidagi xabari bu "kasallik", dedi. Germaniya bosh kotibi barcha G20 rahbarlari va ularning rafiqalari uchun kechgi ovqa tashkil qilgan. Buni OAVlar ham yaxshi biladi", — deb yozib qoldirgan Tramp oʻz twitterida.

RIA Novosti xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala