Jamiyat

Ukrainliklarga Rossiya fuqaroligi olish tartibi osonlashdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishBokser Roy Djons poluchil rossiyskiy pasport
Bokser Roy Djons poluchil rossiyskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston
Deputatlar atyishiga qaraganda, bunga Ukraina har tomondan Rossiyadan "ajralib" olishga harakat qilayotgani boʻlgan.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi yaqinda qabul qilgan qarorga asosan, bundan buyon ukrainaliklar Rossiyada yashashga ruxsatnoma va fuqarolikni osonlashtirilgan tartibda olishlari mumkin.

Deputatlar aytishiga qaraganda bunday choralar, Ukraina hukumati Rossiya fuqaroligini olmoqchi boʻlgan oʻz fuqarolariga nisbatan turli toʻsiqlar qoʻyayotgani sabab boʻlgan. Xususan, Rossiya tomoniga chegaradan oʻtayotgan fuqarolar nazorat punktida uzoq ushlab qolinayotganini, ularga koʻplab savollar berilayotganini va ukrainaliklarni Qrim kurortlarida dam olishga chiqarmayotganliklari misol boʻlishi mumkin.

Odnoklassniki obʼyedinyayutsya s platejnoy sistemoy UZCARD - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ukraina "Odnoklassniki"ga kirishni chekladi

Hujjatda aytilishiga koʻra, yangicha tartib faqat "Rus tilida soʻzlashuvchilar" deb topilgan ukrainaliklarga taaluqli xolos. Rossiya fuqaroligini olgan ukrainaliklar Ukrainaga fuqarolikdan chiqqanligi haqida maʼlumotnoma yuborsalar kifoya. Lekin Ukraina hukumati boʻlsa, bundaylarga fuqarolikdan chiqishga ruxsat bermasdan, ularni Ukraina fuqarolari deb hisoblashda davom etmoqda. Natijada ularda ikki mamlakat fuqaroligi saqlanib qolmoqda.

Shuningdek, yangi qonunda, Rossiya fuqaroligini olayotganlar maxsus qasamyod qabul qilishlari kerak boʻladi. Ushbu qasamyod matni bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, uni qabul qilmaganlarga Rossiya fuqaroligi berilmasligi mumkin.

"Men (FIO), Rossiya fuqaroligini oʻz xoxishim bilan va tushungan holda qabul qilar ekanman, Rosssiya Federatsiya Konstitutsiyasiga va qonunchiligiga amal qilishga, uning fuqarolarining erkinlik va huquqlarini saqlashga, davlat va jamiyat faravonligi yoʻlida Rossiya fuqarosi majburiyatlarini bajarishga, Rossiya ozodligini va mustaqilligini himoya qilishga, Rossiyaga sodiq boʻlishga, uning madaniyatini, tarixini va urf-odatlarini hurmat qilishga qasamyod qilaman", — deyilgan qasamyod matnida.

Shuningdek, yangi qonunda fuqarolikini olib, keyin terrorchi guruhlar tarkibiga qoʻshilganlar Rossiya fuqaroligidan  mahrum qilinishi mumkinligi aytib oʻtilgan.

Eslatib oʻtamiz, Duma qabul qilgan qaror kuchga kirishi uchun uni Federatsiya Kengashi va Rossiya prezidenti imzolashi kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala