Siyosat

Vazir Kamilov Federika Mogerinini Samarqandga taklif etdi

© MID UzbekistanaTashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va YEI komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va YEI komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini - Sputnik Oʻzbekiston
Kamilov Mogerinini shu yilning kuzida Samarqand shahrida BMT rahbarligida oʻtkaziladigan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni va barqarorlikni taʼminlash muammolari boʻyicha xalqaro anjumanga taklif etdi

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. 2017-yilning 18-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, YEI Komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan uchrashdi. Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati xabari asosida.

Flagi Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Markaziy Osiyo – YEI" mintaqalararo uchrashuvi yigʻilishi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan oʻzaro aloqalarga oid qator masalalar muhokama qilindi va Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan "Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo" vazirlar uchrashuvida kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Abdulaziz Kamilov Federika Mogerinini shu yilning kuzida Samarqand shahrida BMT rahbarligida oʻtkaziladigan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni va barqarorlikni taʼminlash muammolari boʻyicha xalqaro anjumanga taklif etdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari ham koʻrib chiqildi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala