Jamiyat

Lola Karimova-Tillyayeva: Men hayotga ifor orqali boqaman

Lola Karimova-Tillyayeva chinakam uygʻunlikni goʻzallik kaliti deb biladi va toʻgʻri tanlangan ifor insonning orzu-istaklari roʻyobiga yordam berishiga ishonadi, deb yozadi Vanity Fair jurnali

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Vanity Fair jurnalida Lola Karimova-Tillyayeva va uning "The Harmonist" brendi haqida  maqola chop etildi.

Ifor canʼati: "The Harmonist" bilan tanishuv

Yangi "The Harmonist Maison de Parfum" atirlar uyi In va Yan uygʻunligi falsafasiga tayanadi. "Atir haqida gap ketganda, maʼlum ifor barchaga ham birdek toʻgʻri kelavermasligini yaxshi bilamiz, – deydi brend asoschisi va iforlar uygʻunligi kontseptsiyasi muallifi Lola Karimova-Tillyayeva. "The Harmonist"ni yaratishda Fen-shuy taʼlimotidan ilhomlandim".

Lola Karimova-Tillyayeva na vruchenii premii The Best Award v Parije - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Lola Karimova-Tillayeva ajoyib xushxabar bilan boʻlishdi
Lola Karimova-Tillyayeva diplomat va filantrop, Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi. "Oʻsmirlik yillarimda oyimning atirlarini oʻzimcha "tadqiq etib", yangi ifor hosil qilish uchun ularni aralashtirar edim, – deya eslaydi Lola Karimova-Tillyayeva. – Nihoyat, oʻzim uchun atir yaratdim, bu – sohadagi ilk yutugʻim edi. Yangi iforni kashf etish menga maʼlum maʼnoda oʻzligimni namoyon qilish imkonini berdi".

Keyinchalik u doʻstlari uchun lola shaklidagi 500 dona shisha idishda turfa gullar va mushk qorishmasidan iborat atir yaratdi.

"Men hayotga ifor orqali boqaman, – deydi u. – Xush iforlar menga olamni teran anglashga yordam beradi".

"The Harmonist" ham ana shunday teran tuygʻular ifodasi sifatida dunyo yuzini koʻrdi.

Lola Karimova-Tillyayeva xozirda oilasi bilan Los-Anjeles shahrida istiqomat qiladi. Parijda faoliyat yuritadi. Ushbu shaharning 8-mavzeidagi gavjum Jorj V koʻchasida uning ikkinchi butigi joylashgan. "The Harmonist"ning ikkala butigi dizayni Alnur ismli franko-hind interyer dizayneri tomonidan yaratildi. Doʻkonlar dizaynida ham fen-shuy taʼlimotidan foydalanilgan boʻlib, u yerda zamonaviylik va ramziylik uygʻunligini koʻrish mumkin. "Interyerlarning ham oʻz energiyasi bor, unsurlardan oqilona foydalanib, qolaversa, metafizikaga tayanib oʻz borligʻimizni yarata olamiz", – deydi Lola Karimova-Tillyayeva.

Islom Karimovning qabri ustida barpo etiladigan yodgorlik majmuasi suratlari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Lola Karimova otasi dafn etilgan maskanda quriladigan maqbara suratlari bilan boʻlishdi

Ushbu brend atirlari besh unsur: tuproq, maʼdan, suv, yogʻoch va olovni ifoda etadi. Butikka tashrif buyurar ekansiz, mutaxassis sizni har bir unsurga xos xususiyatlar bilan tanishtirib, ichki olamingizga mos elementni tanlashda koʻmaklashadi. Hayot mashaqqatlariga duch kelganimizda, beixtiyor vujud, aql va ruh muvozanatini tiklashga urinamiz. "the Harmonist" aynan biz istayotgan ruhiy halovatni topishga yordam beradi.

Brend besh In va besh Yan iforlarini xavola etadi. Idishlardagi quruq kukunlarni hidlab koʻrib, har bir iforni teran his etish mumkin. Shu tariqa oʻz mijozingizga mos unsurni tanlaysiz. Tanlangan ifor taʼbingizga koʻra oʻzgartirilishi mumkin. Deylik, siz ijodkorsiz, ammo iqtidoringizni toʻliq roʻyobga chiqara olmayapsiz. Bunga ehtimol biror unsurning toʻkis emasligi sabab boʻlayotgandir. Iforlarga singdirilgan unsurlar ruhiyatingizdagi kemtiklikni toʻldiradi.

Masalan, men "Desired Earth" atirini hidlab, mening unsurim tuproq ekanini angladim. Yanada xushboʻy boʻlsin deya yasmin va anvoyi bahor gullaridan hamda ummon suvlari elementlaridan iborat ikki qoʻshimcha qorishma tanladim.

Aytish joizki, har bir unsurning oʻz maʼno-mazmuni bor. Masalan, men Yan Yerman. Menga xos unsurlarning maʼnosi quyidagicha:

tuproq: jamiyat bilan hamnafaslikka yordam beradi;

maʼdan: isteʼdodni yuzaga chiqaradi;

suv: farovonlik keltiradi;

yogʻoch: yuksak maqom va maftunkorlik baxsh etadi;

olov: donolik sari boshlaydi.

Lola Islamovna Karimova-Tillyayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Lola va Tatyana Karimovalar ishchi tashrif bilan Moskvaga kelishdi
Deylik, men Yan Yogʻoch boʻlganimda edi, bu unsurlar mutlaqo oʻzgacha maʼno kasb etgan boʻlar edi.

Lola Karimova-Tillyayeva kollektsiya mukammal boʻlsin deya Armani Privé, Tom Ford, Commes des Garçons va boshqa brendlar uchun ajoyib iforlar yaratgan parfyumer Giyom Flavini bilan hamkorlik qildi. Ijodkor hassosligi bilan L.Karimova-Tillyayevaning koʻngliga yoʻl topa oldi. Shu tariqa iforlar olami sari sirli sayohat boshlandi. Besh yillik izlanishlar mobaynida L.Karimova-Tillyayevaga Flavinining har bir unsurdan favqulodda mahorat bilan foydalana olishi manzur boʻldi.

"Giyom bilan hamkorlikdan koʻnglim toʻldi. U haqiqiy professional sifatida mening ijodiy gʻoya va qarashlarimni roʻyobga chiqara oldi", – deydi u.

Lola Karimova-Tillyayeva chinakam uygʻunlikni goʻzallik kaliti deb biladi va toʻgʻri tanlangan ifor insonning orzu-istaklari roʻyobiga yordam berishiga ishonadi. Bu – In va Yan mushtarakligi, bu – hayotimizga fayz olib kiruvchi iforlar moʻʼjizasi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala