O‘zbekistonliklar internetda ko‘proq nimalarni izlashdi?

© TherunetStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng ommaviy qidiruv so‘rovlari mavzularini ikkita katta yo‘nalishga ajratish mumkin– bu mobil gajetlar va avtomobillar

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. OLX mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston aholisi servis sahifalarida ko‘proq qanday buyum yoki xizmatlarni izlagani o‘rganib chiqildi, deb xabar qildi OLX matbuot xizmati.

“O‘zbektelekom” internet nega tez arzonlashmayapti degan savolga izoh berdi

Eng ommaviy qidiruv so‘rovlari mavzularini ikkita katta yo‘nalishga ajratish mumkin- bu mobil gajetlar va avtomobillar.

Smarfonlarning ma’lum markalari va avtomobil rusumlari, qanday qurilma yoki operatsion tizimdan kiritilganidan qat’iy nazar, kalit so‘zlarning TOP-10 taligida aksariyat o‘rinlarni egallab kelmoqda. Shuningdek, ular barcha platformalardan beriladigan so‘rovlarning salmoqli ulushini tashkil qiladi.

Smartfonlar orasida beshinchi avlodidan boshlab iPhone modellari xali ham birinchilar qatorida. Bunda, iOS va iPhone 4 smartfonlari ham qidirilganiga qaramay, iPhone modellari eng ommaviy qidiruv so‘rovlarining o‘ntaligiga ham kirgan.

"Olmali" gajetlardan keyingi o‘rinlarni, qattiq ortda qolgan holda, Samsung, Nokia, Xiaomi, LG, Meizu va Huawei brendlari egallagan.
Chevrolet rusumiga tegishli modellar, avtomobillar orasida eng ommaviy modellar sifatida tan olingan. Chunki barcha toplarning birinchi orinlarini Spark modeli egallagan.

Bunda Captiva modeli iOS tizimidagi smartfonlar foydalanuvchilari orasida ayniqsa ommaviy bo‘lgan. Faqat yozilishi bilan farq qilgan holda, u "olmali" TOP-10 talikka ikki marta kirgan.

Daewoo Matiz modeli ham — Android tizimidagi qurilmalar orqali qidiruv so‘rovlarining o‘ntaligiga kirgan. Bundan tashqari O‘zbekiston aholisi Spark, Malibu, Lacetti, Tico, Epica kabi Chevrolet rusumiga tegishli boshqa modellarni ham qidirganlar.

Avtomobillar mavzusini davom ettirgan holda, eng ommaviy qidiruv so‘rovlarida BMW, Mercedes, Isuzu, Niva VAZ kabi avtomobil ishlab chiqaruvchilarini, hamda Gazel, KamAZ va MAN kabi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchilarini ham uchratish mumkin.

Dinamika sen na internet-uslugi AK Uzbektelekom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar yanada tushirildi
Bunda Opel rusumiga tegishli Gentra modeli alohida ta’kidlab o‘tilgan — bu modelni foydalanuvchilar yozilishi bo‘yicha har xil variantlarda qidirishgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston aholisi traktor va ekskavator kabi texnikani ham qidirgan.

Nisbatan kamroq, ammo ommaviy qidiruv so‘rovlari ro‘yxatiga kiritilishi uchun yetarli darajada kuzovning kupe turi qidirilgan. Aksariyat hollarda "rul" kalit so‘zidan foydalanilgan.

O‘zbekiston aholisi ish va ishchilarni OLX orqali u qadar ko‘p qidirmagan. Ommaviy so‘rovlarda faqat enaga, hisobchi va elektrik kabi aniq kasblarni uchratish mumkin. Bunda, massaj bilan bog‘liq so‘rovlar ommaviylashgan. Bu so‘z so‘rovlarning barcha TOP-10 taligiga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, OLX — O‘zbekistonda birinchi raqamli e’lonlar servisidir. Elektron maydonning o‘zbek bazasi 120 mingdan ortiq e’lonlarni o‘z ichiga oladi va har oyda yana 80 mingdan ziyod e’longa kengayib bormoqda. SimilarWeb ma‘lumotlariga ko‘ra, OLX O‘zbekistonning eng ommaviy saytlar 10 taligiga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0