Jamiyat

Soliq tizimini takomillashtirish boʻyicha maxsus komissiya tashkil etildi

CC0 / Pixabay / StartupStockPhotos Nalogi. Raschetы
Nalogi. Raschetы - Sputnik Oʻzbekiston
Bundan maqsad soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq yukini pasaytirish, soliq maʼmuriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirishdir

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq respublika soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish boʻyicha Ishchi komissiya tashkil etildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Bundan maqsad soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq yukini pasaytirish, shuningdek soliq maʼmuriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirishdir.

Jamiyat
Qiynalib qolgan halol soliq toʻlovchilarga soliq taʼtillari berilishi mumkin

Ishchi komissiya soliq maʼmuriyatchiligi va nazoratini tashkil etish tartibi hamda metodologiyasini tubdan takomillashtirish, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar va jismoniy shaxslarning soliq yukini yanada kamaytirish, bir xil soliq solish obʼyektlariga ega boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni birlashtirish nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi.

Komissiya shuningdek, dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkalarini optimallashtirish, halol, shu jumladan ish oʻrinlarini va mehnatga haq toʻlash fondini legallashtiradigan soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish choralarini joriy etish borasida ham ish olib boradi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2018 yil 1 yanvardan soliqchilik tizimida qator yangiliklar joriy etilmoqda. Bu Oʻzbekiston prezidentining "Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonida koʻrsatib oʻtilgan. Soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringi, vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga toʻqnash kelgan halol soliq toʻlovchilarga soliq taʼtillari berish kabilar shular jumlasiga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala