Oʻzbekiston Qorabayirlari Yeltsin Kubogi musobaqalarida qatnashadi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Fotobankka oʻtishXalqaro otlar turniri
Xalqaro otlar turniri - Sputnik Oʻzbekiston
Ot sporti boʻyicha xalqaro va milliy musobaqalar Yekaterinburgda iyul oyining soʻnggi dam olish kunlarida oʻtkaziladi

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Yekaterinburgga Oʻzbekistondan 5 nafar Qorabayir zotli tulporlar keltirildi, deb xabar qilmoqda Oblgazeta.

Xabarga koʻra, Oʻzbekiston tulporlari Rossiya Federatsiyasining birinchi prezidenti Boris Yeltsin Kubogi va Sverdlovsk viloyati Kubogi uchun musobaqalarda qatnashadi. Otlarning barchasi bojxona tekshiruvidan oʻtkazilgan.

"Shu haftada yana yettita ot keltirilishi kutilmoqda", — deb qoʻshimcha qilingan xabarda.

Ot sporti boʻyicha xalqaro va milliy musobaqalar Yekaterinburgda iyul oyining soʻnggi dam olish kunlarida oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining 15 iyunda Oʻzbekistonda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish boʻyicha qator muhim ishlarni amalga oshirishga qaratilgan qarorni imzolagan va ushbu maqsadda Qashqadaryo viloyatida, "Oʻzbekneftegaz" milliy kompaniyasi yordamida Qorabayir zotli otlarini yetishtirish va selektsiya qilish majmuasi yaratilishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala