Jamiyat

Qirgʻizistonlik etnik oʻzbeklar Mirziyoyevga ochiq xat yoʻllashdi

© Otkrыtaya Aziya onlaynFutbolka s nadpisyu "Kыrgыzstan"
Futbolka s nadpisyu Kыrgыzstan - Sputnik Oʻzbekiston
Ochiq xatda chegaralardan oʻtish rejimining kuchaytirilishi maʼnaviyat yoʻnalishiga jiddiy salbiy taʼsir oʻtkazayotgani, Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga darslik va badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar olib oʻtish imkoniyati yoʻqligi bildirilgan

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Qirgʻizistonning Jalolobod shahridagi "Begoyim" jamoatchilik yoshlar adabiy fondi aʼzolari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ochiq xat orqali murojaat qilishdi, deb xabar bermoqda "Podrobno.uz".

Oshskiy uzbekskiy akademicheskiy muzыkalno-dramaticheskiy teatr imeni Babura - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Oʻzbekiston Oʻsh teatriga 30 ming dollarlik libos va dekoratsiyalar taqdim qildi

Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan xatda qirgʻizistonlik oʻzbeklar Oʻzbekistonning gullab-yashnayotganidan faxrlanishlarini, tub ildizlari Oʻzbekiston bilan chambarchas bogʻliq ekanligi, undan ayro yashash mumkin emasligini bilishlari aytilgan.

Ochiq xatda chegaralardan oʻtish rejimining kuchaytirilishi maʼnaviyat yoʻnalishiga jiddiy salbiy taʼsir oʻtkazayotgani, Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga darslik va badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar olib oʻtish imkoniyati yoʻqligi bildirilgan.

Murojaatda fond tevaragida yigʻilgan isteʼdodli bolalar va oʻsmirlar, yosh yigit va qizlarni yoz mavsumida Oʻzbekiston qadamjolari boʻylab sayohatlarga olib chiqish, Oʻzbekistondagi turli tanlovlarda ishtirok etishlari, kitoblarini chop ettirish, Oʻzbekistondagi mavjud oliygohlarning byudjet boʻlimiga kirib oʻqishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish soʻralgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala