O‘rta Chirchiqda Shavkat Mirziyoyevga sovg‘a qilingan zotdor ot namoyish etildi

© Press-slujba prezidenta RUzShavkat Mirziyoyev s axaltekinskim skakunom
Shavkat Mirziyoyev s axaltekinskim skakunom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘rta Chirchiq tumanidagi "O‘zbegim otlari" ot zavodida Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan sovg‘a qilingan "Do‘stxon" laqabli zotdor ot yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanidagi "O‘zbegim otlari" ot zavodi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda prezident rasmiy veb-sayti.

Xalqaro otlar turniri - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qorabayirlari Yelsin Kubogi musobaqalarida qatnashadi

Zavod 1992-yil tashkil etilgan bo‘lib, maydoni 140 gektardan ortiq. Zavod qadimiy ot zotlari, jumladan, Axaltaka tulporlarini ko‘paytirish va parvarishlashga ixtisoslashtirilgan.

Bugungi kunda bu yerda 300 ga yaqin ot parvarishlanmoqda. Ular orasida Axaltaka zotidan tashqari, ingliz va arab zotli otlar ham bor.

"O‘zbegim otlari" zavodida prezident Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan sovg‘a qilingan "Do‘stxon" laqabli zotdor ot yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Ot zavodi hududida zotdor otlarni ko‘paytirish, sohada naslchilik ishlarini yaxshilashga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 15-iyunda O‘zbekiston prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0