Jamiyat

Chirchiqda foto va video kuzatuv moslamalari ishga tushirildi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishKompleks avtofiksatsii narusheniy PDD
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik Oʻzbekiston
Foto va video kuzatuv kameralari Chirchiq shahar markaziy dehqon bozori hududida hamda A.Navoiy koʻchasida oʻrnatildi

TOSHKENT, 21 iyul-Sputnik. Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transport hodisalarining oldini olish, qoidabuzarliklarni aniqlash va turli jinoyatlarni fosh etish maqsadida, Chirchiq shahar markaziy dehqon bozori hududida hamda A.Navoiy koʻchasida foto va video kuzatuv kameralari oʻrnatildi, deb xabar qildi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Kamera fiksatsii narusheniy na doroge - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqand chorrahalarida ham kameralar oʻrnatiladi

Ushbu videokuzatuv moslamalarining oʻrnatilishi natijasida avtoulovni belgilangan tezlikdan oshirish, svetoforning qizil chirogʻidan oʻtish, taqiqlovchi yoʻl chiziqlarini bosib oʻtish kabi qoidabuzarliklarning oldi olinadi.

Bu moslamalar shubhali shaxslarni aniqlash va avtoulov olib qochish jinoyatlarini fosh etishda samarali koʻmak beradi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahrida yoʻl transport hodisalarni qayd etish maxsus foto va video kuzatuv tizimi joriy etilishi natijasida yoʻl transport xodisalari 3 baravarga kamaygan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala