Hojatxonasida telefon tufayli uch erkak halok bo‘lgan uy sotuvga qo‘yildi

© Sputnik / Ruslan Krivobok"Sotiladi" deb yozilgan yog‘oya devor
Sotiladi deb yozilgan yog‘oya devor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uy egasi besh xonali xonadon uchun 25 ming dollar so‘rayapti

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Namanganda hojatxonasida telefon tufayli uch erkak halok bo‘lgan uy sotuvga qo‘yildi.

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
"Shifokor nega xojatxonaga tushdi?" - Namangan viloyati FVV boshqarmasi izohi
Uy sotilishi haqida e’lon mahalliy nashrlardan birida chop etilgan.

E’londa 5 xonali "Akva" romli, mevali daraxtlari bor uy sotilayotgani aytilgan.

O‘z ismini sir saqlashimizni istagan manbaning so‘zlariga qaraganda, uy egasi besh xonali xonadon uchun 25 ming dollar so‘rayapti

Shuningdek, suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, ayol e’longa qiziqish bildirib qo‘ng‘iroq qilayotgan xaridorlar bilan suhbatda yaqinda yuz bergan hodisa haqida umuman tilga olmaslikka harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz,  2017-yilning 13-iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida hojatxonaga tushib ketgan Samsung Galaxi J7 telefoni  tufayli ikki ishchi va bir shifokor halok bo‘lishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0