Jamiyat

MIB 9 mingdan ortiq qarzdorlarni elektr va gaz taʼminotidan uzdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishZamena starыx elektroschetchikov v jilыx domax Vladivostoka
Zamena starыx elektroschetchikov v jilыx domax Vladivostoka - Sputnik Oʻzbekiston
Iyul oyining 11 sanasidan boshlab 90 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqarolariga energiya manbaalaridan foydalanganliklari uchun majburiy toʻlov kvitantsiyalari yuborilgan.

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Ushbu yilning 11 iyul holatiga koʻra, 90 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqarolariga energiya manbaalaridan foydalanganliklari uchun majburiy toʻlov kvitantsiyalari yuborilgan, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi.

Shuningdek, oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzdorliklar va yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar uchun MIB tomonidan 9 mingdan ortiq elektr va gaz isteʼmolchilari, amal qilayotgan qonunga koʻra tarmoqda uzilgan.

Besporyadki v tulskom poselke Plexanovo - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Gaz va svetni uzish tartibi tasdiqlandi

Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbekenergo" AJ va "Oʻztransgaz" AJ har oyning boshida oʻzlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar bazasiga koʻra, isteʼmol qilingan manbaalar hamda amalga oshirilgan toʻlovlarni hisob-kitob qilib, abonentlar bilan yakuniy hisob-kitob qiladi.  Ushbu hisob-kitob natijalariga koʻra hosil boʻlgan qarzdorlar roʻyxati har oyining 11 sanasida,  Respublika Bosh prokuraturasiga tegishli boʻlgan, tuman Majburiy Ijro Byurolariga yuboriladi.

Majburiy Ijro byurolari ushbu roʻyxatga asosan qarzdor isteʼmolchidan 5 kun ichida toʻlovni amalga oshirishni talab qiladi. Ogohlantirishlardan keyin ham toʻlovni amalga oshirmagan isteʼmolchilar tarmoqdan uziladi.  Tarmoqdan uzilgan abonentlar, barcha qarz va jarimalar toʻlanib, tarmoqqa ulanish toʻlovi (eng kam ish haqqining 2 baravari) toʻlanganidan keyin qayta ulanishlari mumkin.

Darakchi xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala