O‘zbekiston harbiy muxandislari xalqaro tanlovda ishtirok etmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishZakritie sorevnovaniy "Injenernaya formula"
Zakritie sorevnovaniy Injenernaya formula - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armaniston, Belorussiya, O‘zbekiston va Rossiyalik harbiy injenerlar jamoalari minalashtirilgan dalalar orqali piyodalar kolonnasi va tanklar uchun xavfsiz yo‘nalishlar ochishda hamda tabiiy to‘siqlardan oshib o‘tishda bellashadi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik harbiy muxandislar Rossiyada bo‘lib o‘tadigan "Xavfsiz yo‘nalish" hamda "Muhandislik formulasi" halqaro harbiy bellashuvlarida ishtirok etish uchun yetib kelishdi, deb xabar qilmoqda Markaziy Harbiy okrug matbuot xizmati.

"Yekaterinburg aeroportida Belorussiya, Armaniston va O‘zbekistondan kelgan eng yaxshi harbiy injenerlar kutib olindi. Ular "Xavfsiz yo‘nalish" va "Muhandislik formulasi" xalqaro konkurslarida ishtirok etishadi", — deyilgan xabarda.

Harbiylar Markaziy qo‘mondonlik shtabi orkestri musiqalari ostida kutib olindi. Shundan so‘ng jamoalar avtobuslarda Tumen shahriga yo‘l olishdi. U yerda I.A.Proshlyakov nomli harbiy o‘quv yurtiga qarashli poligonda musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Ushbu kabi harbiy musobaqalar Tumenda birinchi bor bo‘lib o‘tmoqda.

Poytaxt ko‘chalarida urush faxriylari uchun kichik konsert bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda harbiy orkestr urush faxriylarini tabrikladi

Tanlov shartlariga ko‘ra, jamoalar minalashtirilgan dalalar orqali piyodalar kolonnasi va tanklar uchun xavfsiz yo‘nalishlar ochish hamda tabiiy to‘siqlardan oshib o‘tishda bellashishadi. Ishtirokchilar yog‘och ustunlarni oldindan tayyorlab qo‘yilgan quduqlarga o‘rnatishi va imkon qadar kamroq jarima vaqti olishi kerak bo‘ladi. Yo‘nalish uzunligi 2,5 kilometrdan uzoq bo‘lib jamoalan undan o‘tish uchun maxsus texnikadan foydalanishadi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, tashkilotchi tomon barcha jamoalarni muhandislik texnikasining eng zamonaviy namunalari bilan ta’minlaydi hamda ekipaj a’zolariga tayyorgarlik ko‘rish uchun ham yetarli vaqt ajratiladi.

Tanlovning keyingi xalqaro bosqichi Xitoyda 29-iyuldan — 12-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi., Xalqaro armiya o‘yinlari ArMI-2017 Ozarbayjon, Belorussiya, Qozog‘iston, Xitoy va Rossiyaning 22 harbiy poligonlariida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0