Sardor Milano AQShda yakkaxon konsert berdi

© Foto iz lichnogo arxiva pevsaPeves Sardor Milano — pobeditel teleshou "Glavnaya ssena"
Peves Sardor Milano — pobeditel teleshou Glavnaya ssena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu o‘zbekistonlik yosh xonandaning Orlandodagi birinchi yakkaxon konserti bo‘ldi.

TOShKENT, 23-iyul —  Sputnik. Juma kuni AQShning Orlando shahrida Sardor Milanoning birinchi yakkaxon konserti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda xonandaning Instagramdagi sahifasi.

Konsert Orlandodagi Gult tungi klubida bo‘lib o‘tdi. Konsertdan oldin shahar bo‘ylab tarqatilgan afishalarda "Takrorlanmas "pop-opera" fenomeni Sardor Milanoning yakkaxon konserti. Orlandoda faqat bir kechaga" — deyilgan.

Publikatsiya ot Sardor Milano (@sardormilano) Iyul 13 2017 v 5:31 PDT

Bo‘lib o‘tgan konsert dasturi ko‘pchillika manzur keldi. "Ertak amalga oshdi! Biz kecha ko‘rgan tomosha — misli ko‘rilmagan, ajoyib tomosha bo‘ldi. Konsert vaqtida biz his qilgan tuyg‘ular — bir umrga esdan chiqmaydi", — kabi yozuvlar qoldirishgan xonanda muxlislari uning sahifasida.

Sardor Milano Toshkent shahrida tug‘ilib o‘sgan. Shu vaqtga qada xonanda Rossi, O‘zbekiston va dunyo sahnalarida bir necha tanlovlar g‘olibi bo‘lgan. Xonanda aytishiga qaraganda, "Milano" taxallusini olishiga sabab Sardor Italiyaning Milan shahrini hamda opera uslubida qo‘shiq kuylashni yaxshi ko‘rishining timsolidir.

 

Yangiliklar lentasi
0