Birinchi qonuniy sovet millioneri Artem Tarasov vafot etdi

© Sputnik / Yuriy Abramochkin / Mediabankka o‘tishBiznesmen Artem Tarasov
Biznesmen Artem Tarasov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tarasov “Texnika” kooperativini direktori sifatida 1989-yilda 3 million rubl rasmiy oylik olgan.

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Sobiq SSSRning birinchi qonuni millioneri Artem Tarasov vafot etdi, deb xabar qilmoqda “Yabloko” partiyasining matbuot xizmati.

«Artem Mixiylovich Tarasov vafot etdi. Ushbu ma’lumotni uning yordamchisi tasdiqladi. Uning o‘limi sabablari va dafn marosimini o‘tkazish joyi va vaqti haqida uning oilasi ertaga xabar beradi”, — deyilgan partiya rasmiy xabarda.

“Artem Tarasovichning vafotidan chuqur iztirobdamiz. U rostgo‘y, qobiliyatli inson va biznesmen va sodiq partiyadosh edi. Ko‘pchillik boylik uchun yolg‘on gapirib yoki tovlamachilik qilgan vaqtlarda u birinchi rostgo‘y millioner bo‘lgan edi”, — dedi "Yabloko" partiyasining Moskva bo‘limi rahbari Sergey Mitroxin.

Wikipedia xabariga ko‘ra, Artem Tarasov 1980-yillar oxirida Moskvada “Texnika” kooperativini va tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi “Istok” tashkilotlarini boshqargan. 1989-yilda uning rasmiy oyligi 3 million rubl bo‘lgan. U oyligidan qonunda belgilangan 6% (180 000 rubl) — bolasi yo‘qligi uchun soliq va 3%  (90 000 rubl)partiya a’zosi badalini amalga oshirganda, bu o‘rtacha oylik 120 rubl bo‘lgan, sovet jamoatchiligi orasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0