Siyosat

Putin Oʻzbekiston prezidentini yubiley bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti Vladimir Putin va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Kreml saytida shuningdek, Rossiya prezidentining tabrik telegrammasi eʼlon qilingan

TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon muloqoti davomida Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni 60 yillik yubileyi bilan muborakbod etdi. Tomonlar ikkiyoqlama hamkorlik masalalarini muhokama etdilar, deb xabar qildi Kreml maʼmuriyatidagi manba.

Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Atambayev Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
Kreml saytida shuningdek, Rossiya prezidentining tabrik telegrammasi eʼlon qilingan boʻlib, unda Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev oʻz yurtdoshlari hamda xorijda oʻta yuqori nufuzga ega ekanligini alohida taʼkidlab oʻtgan.

"Sizning mamlakatlarimiz oʻrtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan printsipial yoʻnalishingizni Rossiyada juda qadrlashadi", — deyilgan telegrammada.

Vladimir Putin shuningdek, qardosh xalqlar farovonligi yoʻlida hamda regional xavfsizlikni taʼminlash maqsadida oʻzaro manfaatli Rossiya-Oʻzbekiston munosabatlari yanada rivojlanib boraverishiga umid bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala