Jamiyat

Afrosiyob poyezdining umumiy narxi 8 ming yevro turadigan 4 ta oynasi sindirildi

Oʻzbekistonda poyezdlarga tosh otish boʻyicha jami 6 ta holatlar qayd etilgan. Shulardan, 4 ta holatda Afrosiyob yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining oynalari sindirilgan

TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda harakatlanayotgan poyezdlarga tosh otish holatlari qayd etildi, deb xabar qildi Uznews.

Jamiyat
Toshkent-Samarqand tezyurar poyezdi yoʻlovchilari nimalarni koʻradilar?

"Bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida profilaktika tadbirlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Lekin, shunga qaramasdan, bunday huquqbuzarliklar sodir etilmoqda. Jumladan, temir yoʻl boʻylab sayr qilish, ogʻir buyumlarni harakatlanayotgan poyezdlarga otish kabi koʻplab holatlar qayd etilgan" — deb taʼkidladi Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi katta inspektori Abdulla Ibragimov.

IIV Huquqbuzarliklarni profilaktika qilish boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, poyezdlarga tosh otish boʻyicha qoidabuzarliklar barchasi Samarqand viloyatida sodir etilgan. Tosh otish oqibatida yoʻlovchilar jarohatlanmadi. Poyezdlarga toshlarni asosan bolalar otishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala