Jamiyat

Atambayev Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovPrezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev
Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlarini hamkasabalik munosabatlaridan tashqari insoniy doʻstlik munosabatlari ham bogʻlab turadi.

TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev Choʻlpon-Otada boʻlib oʻtgan matbuot anjumani chogʻida OAV orqali Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 60 yoshli yubileyi bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Matbuot anjumani davomida Atambayev Shavkat Mirziyoyevni yuqori darajada baholashini aytdi va jurnalistlar orqali unga sogʻliq, uzoq umr va muvaffaqiyat tiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlarini hamkasabalik munosabatlaridan tashqari insoniy doʻstlik munosabatlari ham bogʻlab turadi. Shavkat Mirziyoyev prezident boʻlganidan keyin Atambayev birinchilardan boʻlib tabriklagan va Oʻzbekistonga tashrif buyurgan edi. Undan tashqari Atambayev Shavkat Mirziyoyevga, bir necha yil oldin, bosh vazir lavozimida ishlagan vaqtlari uning Oʻzbekistonda yashayotgan, uzoq vaqt davomida koʻrmagan akasini topishga yordam bergani uchun chin dildan minnatdorlik bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala