O‘zbekistonda ilk bor fuqarolik aviatsiyasi uchuvchilari tayyorlanadi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishZanyatiya na trenajere dlya pilotov
Zanyatiya na trenajere dlya pilotov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK «O‘quv-mashg‘ulot markazi” bazasida fuqarolik aviatsiyasi uchun uchuvchilar o‘qitiladi

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekiston ilk bor xalqaro standartlar darajasida fuqarolik aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlay boshlaydi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev parvozlar xavfsizligini ta’minlash tizimi ustidan nazoratni kuchaytirdi

Tegishli hujjat shu kunlarda respublika Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan imzolandi.

Qarorga ko‘ra, fuqarolik aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash bo‘yicha kurslar «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK «O‘quv-mashg‘ulot markazi» bazasida tashkil etiladi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, oliy texnik ma’lumotga ega aviatsiya xodimlari ushbu kurslarda ishtirok etishi mumkin.

O‘zbekiston parvozlarning xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga ikki oy muddat ichida o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash haqida topshiriq berildi.

O‘quv kurs yakunida tinglovchilarga sertifikatlar beriladi.

O‘quv kurslarni olib borish "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK o‘z mablag‘lar hisobidan, shuningdek qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi

Eslatib o‘tamiz, oldinlari O‘zbekiston uchuvchilari Sankt-Peterburg davlat fuqarolik aviatsiya universitetida nazariy bilimlarini, amaliy bilimlarni esa Toshkentdagi MAKning o‘quv-mashq markazida olishgan.

Bu yerda Boeing-757/767, A320 samolyotlar uchun zamonaviy trenajerlar hamda Il-114-100 uchun Full-flight parvoz qurilmalari mavjud.

Yangiliklar lentasi
0