Toshkent IIBB Do‘mbirobod qabristonidagi singan qabrtoshlar bo‘yicha izoh berdi

© nuz.uzRazrushennie mogili na xristianskom kladbishe Tashkenta
Razrushennie mogili na xristianskom kladbishe Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surishtiruv ishlari davomida mazkur qabristonning 137-sonli kartasi o‘rganib chiqilib, qabrlarning ustiga singan daraxt shoxlari tushib, qabr toshlariga zarar yetganligi ma’lum bo‘ldi

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Toshkent shahar IIBB Chilonzor tumanida joylashgan 2-Do‘mbirobod qabristonidagi qabrlar ustiga o‘rnatilgan yodgorlik toshlari noma’lum shaxslar tomonidan buzilganligi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi.

Qabriston - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarosi Haj ziyoratiga borish o‘rniga, qabristonga darvoza qurdi

IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Podrobno.uz saytida Do‘mbirobod qabristonidagi qabrlar ustiga o‘rnatilgan yodgorlik toshlari noma’lum shaxslar tomonidan buzilganligi haqida maqola berilgan.

Ushbu holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur qabristonning 137-sonli kartasi o‘rganib chiqilib, qabrlarning ustiga singan daraxt shoxlari tushib, qabr toshlariga zarar yetganligi ma’lum bo‘ldi.

Qabriston direktori X.A.Nishonov, qabriston ishchilari O.C.Nuriddinov hamda R.D.Shermatovlarning tushuntirishlariga ko‘ra, joriy yilning bahor oylarida yuz bergan kuchli shamollar natijasida daraxtlar sinib, qabr toshlari ustiga tushib ularni sindirgan.

Qabriston hududi katta bo‘lganligi sababli barcha kartalarni tozalashga hamda ta’mirlashga ulgurilmagan.

Ularning aytishlaricha, hozirda daraxtlarni butash va chiqindilarni tozalash ishlari olib borilmoqda va ushbu obodonlashtirish ishlari yakuniga yetgandan so‘ng singan qabr yodgorlik toshlari tiklanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0